• Sotishga soliqlar, to‘lovlar, ajratmalarga quyidagilar kiritiladi
  • 2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda.
  • Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet267/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    1. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum 
    qatori. Mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasi mahsulot (ish 
    va xizmat)larni sotishdan olingan jami tushum summasidan sotishga 
    soliqlar, to‘lovlar va ajratmalar summasini chegirish asosida aniqlanadi. 


    367
    Sotishga soliqlar, to‘lovlar, ajratmalarga quyidagilar kiritiladi: 
    - qo‘shilgan qiymat solig‘i; 
    - aksiz solig‘i; 
    - reklama solig‘i; 
    - mahsulot hajmidan ijtimoiy sug‘urta bo‘limiga ajratma va h.k. 
    Mahsulot (ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritishning, odatda, 
    ikkita sharti xarakterlanadi. Bular kassali va hisobga olish usullaridir. 
    Kassali usulning mohiyati shundaki, bunda mahsulotlar ortib jo‘natilib 
    hisob hujjatlari taqdim etilgan va ularning hisob raqamiga puli kelib 
    tushgandan keyingina sotilgan hisoblash va tushum qatoriga qo‘shish, 
    sotishga soliqlar summasini ham ularning amalga oshish davriga muvo-
    fiq hisoblashni xarakterlaydi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonun-
    ning qabul qilinishiga qadar respublikamizda ushbu usul qo‘llanib 
    kelindi.
    Mahsulot (ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritishning yoki da-
    romadlarni tan olishning hisobga olish usuli esa ularning ortib jo‘natilib, 
    hisob hujjatlari taqdim etilgan vaqti bo‘yicha hisobga olish bilan xarak-
    terlanadi. Bunda pul tushumlari yoki to‘lovlarning amalga oshish vaq-
    tiga ahamiyat berilmaydi. Sotishga soliqlarning hisob-kitobi ham bevo-
    sita ularning tushum sifatida tan olish vaqti bo‘yicha hisobga olinadi. 
    2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda. Mahsulot sotishdan olingan 
    yalpi moliyaviy natija – foyda yoki zarar quyidagi bog‘lanishlar asosida, 
    ya’ni mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumdan shu 
    mahsulot (ish va xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini chegirish 
    asosida aniqlanadi. 
    Korxona foydasining asosiy qismini bevosita mahsulot (ish va 
    xizmat) lardan olingan foyda tashkil etadi.

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish