363
natijaviylikni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi va
ularni yo‘lga qo‘yishning chora va tadbirlari belgilanadi. Korxonaning
foydalilik darajasini xarakterlovchi rentabellik ko‘rsatkichi va uning
omilli tahlili o‘tkaziladi.
Tahlil moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni o‘qish, vertikal tah-
lil, gorizontal tahlil, trendli tahlil va ko‘rsatkichlarni aniqlash usullarida
olib boriladi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni o‘qishda uning
satrlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tartiblanishiga, moliyaviy natijaviylikni
xarakterlovchi umumiy qatorlarning qiymat ifodasi, hisobot davri va
o‘tgan yilning shu davri bo‘yicha ma’lumotlarga umumiy izoh beriladi.
Vertikal tahlilda moliyaviy natijalarning shakllanishini bir qatorli
va ko‘p qatorli usullarida o‘zaro farqlanishlarga va nisbiy o‘zgarishlarga
baho beriladi.