374
yilning
sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik
yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o‘zida daromad (foyda)dan
to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga
qadar olingan foydani ifodalaydi:
bunda,
SF - sof foyda;
DS - daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq;
BS - boshqa soliqlar va to‘lovlar.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromad
va xarajatlar qatoriga kor-
xonaning moliya bozoridagi faolligidan oladigan daromadlari va mulkiy
munosabatlardagi ishtirokidan olinadigan daromadlari, erkin almashtiri-
ladigan valuta resurslarini boshqarishdan oladigan daromadlari, korxo-
naning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadigan turli xarajatlar kiritiladi.
Ularning korxona hisob foydasidagi salmog‘i so‘nggi
yillarda tobora
oshib bormoqda.
Favqulodda kutilmagan holatlardan daromadlar va xarajatlar
qatoriga korxonining asosiy va moliyaviy faoliyatidan tashqari tasodifiy
holatlar bo‘yicha oladigan daromad va xarajatlari kiritiladi.
Ularning
tarkibiga kiritiladigan aniq ko‘rsatkichlar «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risi-
da»gi Nizomda ifoda etilmagan, faqat ularning farqlanishiga ta’rif
berilgan xolos, ya’ni korxona uchun yaqin uch yillik oraliqda odatiy hol
yoki faoliyat turi hisoblanmagan holatlardan oladigan daromadlari yoki
yo‘qotishlar ushbu qatorga kiritiladi (shuningdek,
tasodifiy holatlar
ham).
Moliyaviy natijalarning shakllanishi bo‘yicha tahlilni quyidagi
jadval ma’lumotlari asosida berish mumkin.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik
subyektining sof foydasi joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 4843 ming
so‘mga kamaygan.
Sof foydaning kamayishiga, asosan, davr
xarajatlarining o‘tgan yilga nisbatan 189388 ming so‘mga ortishi hamda
to‘langan soliqlarning, ya’ni daromad solig‘i
va boshqa soliq hamda
ajratmalarning o‘tgan yilga nisbatan 182230 ming so‘mga ko‘p
to‘langanligi ta’sir etgan. Ushbu omillar korxonaning mahsulot sotish-