Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan boshqa daromadlarga




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan boshqa daromadlarga 
quyidagilar kiradi: 
· 
undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof qilingan jarimalar va 
penyalar; 
· 
hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yilga tegishli foyda; 
· 
yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlardan olingan tushumlar; 
· 
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa mol-mulklarni 
sotishdan olingan daromadlar; 
· 
da’vo bildirish muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni 
hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar; 
· 
tovar-moddiy boyliklarni qayta baholanishdan ko‘rilgan 
natijalar; 
· 
davlat subsidiyalaridan daromadlar; 
· 
xolisona moliyaviy yordam; 
· 
boshqa operatsion daromadlar. 
 
10.7. Operatsion jarayonlardan olingan daromadlar
va yo‘qotishlar tahlili 
Operatsion jarayonlardan olingan daromadlar qatoriga korxonaning 
asosiy ishlab chiqarish faoliyatining mahsulot ishlab chiqarish va 
sotishdan tashqari faoliyatidan olinadigan daromadlar kiritiladi. Ular 
bo‘yicha xarajatlar va daromadlar qatori alohida tarkiblangan holda 
umumiy summada moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga tushiriladi. 
Operatsion daromadlar va xarajatlar o‘zining sof qiymati bo‘yicha ham 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga tushirilishi belgilangan. 
Bunda operatsion jarayonlardan olingan daromadlar ular bo‘yicha 
xarajatlar qiymatiga farqlangan holda hisobotga foyda yoki zarar 
qatoriga tushiriladi. 


384
Boshqa sotishlar bo‘yicha Respublika Soliq kodeksiga muvofiq alo-
hida soliqlar to‘lovi qo‘llaniladi, shuningdek, mahsulot (ish va 
xizmat)larni sotishga soliqlar daromad yoki tushumlarning bu qatori 
bo‘yicha ham amal qiladi. Boshqa sotishlardan sof tushum summasi ham 
mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumni aniqlashdagi kabi 
uslubiy bog‘lanishga ega. 
Operatsion jarayonlardan daromadlar qatoriga quyidagilarni kiritish 
mumkin. Korxonada ortiqcha sanalgan yoki foydalanilmayotgan asosiy 
vositalarni sotishdan olingan natija, ularni hisobdan chiqarishdan 
olingan natija, nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish va sotishdan 
olingan natija, kapital qo‘yilmalar bo‘yicha natija, uzoq muddatli 
ishlatishga olingan, lizing qo‘llovidan daromadlar, qimmatli qog‘ozlarni 
sotishdan olingan daromadlar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni 
sotishdan olingan daromadlar, material va xomashyolarni sotishdan 
olingan daromadlar, valuta mablag‘larini sotishdan olingan daromadlar, 
ular bo‘yicha sarflar va yo‘qotishlarni o‘z ichiga oladi. 
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan korxonada 
joriy yilda jami 106824 ming so‘mlik operatsion faoliyatdan foyda ko‘-
rilgan bo‘lsa, 189652 ming so‘mlik zarar ko‘rilgan. O‘tgan yilga nisba-
tan korxonaning operatsion faoliyatidan ko‘rgan foydasi 8187 ming 
so‘mga, zarari esa 11398 ming so‘mga o‘sgan. Ma’lumotlardan ko‘rina-
diki, operatsion faoliyatdan ko‘rilgan foydaning asosini asosiy vositalar-
ni hisobdan chiqarish va sotish, xorijiy valutalarni sotish, materiallarni 
sotishdan bo‘lgan foyda tashkil etgan. Operatsion faoliyatdan ko‘rilgan 
zararlarning asosiy qismini esa asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va 
sotish hisobiga, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni sotish hisobiga 
bo‘lgan. Qimmatli qog‘ozlar sotishdan olingan zarar summasi esa 
hisobot yilida bir qadar kamayishiga erishilgan. 
94-jadval 

Download 2,53 Mb.
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan boshqa daromadlarga

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish