382
ning shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq to‘g‘ridan
to‘g‘ri korxona faoliyati natijaviyligi bilan bog‘lanishi tartiblangan.
Sotish xarajatlari mahsulotlarni xaridor va buyurtmachilarga ortib
jo‘natish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Sotish xarajatlarini
ish haqi xarajatlari, ish haqidan ajratmalar,
material xarajatlari, asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlar amortizat-
siyasi, reklama xarajatlari,
ish va xizmatlar, boshqa xarajat moddalari
bo‘yicha tarkiblash va tahlil etish mumkin.
Sotish xarajatlarining qoplanishi
korxonaning dastlab hisob
foydasidan amalga oshiriladi.
Ma’muriy xarajatlar qatoriga korxona boshqaruvi bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlar kiritiladi va ularning korxona
sarflari tarkibidagi
salmog‘i sezilarli ulushni tashkil etadi. Bu bevosita rahbarlar va boshqa-
ruv apparatining xizmat xarajatlaridir.
Boshqa umumxo‘jalik xarajatlari qatoriga
yuqoridagi tarkibga
kiritilmagan xarajatlar – ishlab chiqarishni takomillashtirish, o‘zlashti-
rish va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish
bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiritiladi.