10.12. Rentabellik va uning ko‘rsatkichlar tizimi Korxona faoliyat natijaviyligiga baho berishning asosiy ko‘rsatkich-
laridan biri rentabellik ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Rentabellik – korxona foydalilik darajasini xarakterlaydi, odatda,
uning bir necha turlari hisob-kitob qilinadi. Bu bevosita mulkning shakli
bo‘yicha daromadlarning yuzaga chiqish o‘rni yoki bazasi bo‘yicha,
foydaning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklar bo‘yicha yoki mustaqil
birliklar bo‘yicha aniqlanishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarida rentabel- likning quyidagi turlari aniqlanadi: 1. Ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan rentabellik; sof foyda
R=
100 %.
ishlab chiqarish xarajatlari
´
Ushbu ko‘rsatkich bir so‘mlik ishlab chiqarish xarajati hisobiga
olingan foyda summasini xarakterlaydi.
2.Asosiy vositalar rentabelligi.Asosiy vositalar rentabelligi har bir
so‘mlik yoki ming so‘mlik asosiy vosita hisobiga to‘g‘ri keladigan foyda
summasini xarakterlaydi. Ushbu ko‘rsatkich sof foyda summasini asosiy
vositalarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
sof foyda
R=
100 %.
asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati
´
3.Sotish bo‘yicha rentabellik. Sotish bo‘yicha rentabellik sotilgan
mahsulotlarning foydalilik darajasini xarakterlaydi. Ushbu ko‘rsatkich
sotishdan olingan yalpi foyda summasini mahsulotlarni sotishdan
olingan tushumga bo‘lish asosida aniqlanadi, ya’ni:
395
sotishdan olingan foyda
R=
100 %.
sotishdan olingan tushum summasi
´