390
Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi moliyaviy hisobotdan va uning qatorlari bo‘yicha berilgan
izohlardan olinadi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarini iqtisodiy tahlil
qilishdan maqsad ularni buxgalteriya hisobotida yuritilish metodikasi va
ulardan olingan daromadlar bo‘yicha soliqqa tortilish tartiblari respub-
likamizda tekshirilayotgan davrda, harakatdagi me’yoriy hujjatlarga mos
kelishi, shu bilan birga, moliyaviy hisobot ma’lumotlarining
ishonchliligi to‘g‘risida to‘laqonli fikr shakllanishi hisoblanadi.
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun tahlilchi xo‘jalik yurituvchi
subyektning ma’lum bir davrga tuzilgan moliyaviy hisobotini o‘rganib,
undagi amalga oshirilgan moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik
muomalalariga tegishli ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligi, ishonchliligi va
to‘liqliligi to‘g‘risida xulosa berishi uchun quyidagi masalalarni
yechishga to‘g‘ri keladi:
- Moliyaviy qo‘yilmalarni korxona aktivlari hisobiga to‘g‘ri olib
borilganini baholash.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarini turlicha
turkumlanishi nuqtayi nazaridan ularni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri
turkumlanishini baholash.
- Buxgalteriya hisobiga kirim qilish davrida ularning qiymatini
to‘g‘ri shakllanganligini aniqlash.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan xo‘jalik muoma-
lalarining qonuniyligi va korxona uchun samaradorligiga baho berish.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining sintetik va
analitik hisobi holatini baholash.
- Xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobotlarda to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishini baholash.
- Moliyaviy qo‘yilmalar inventarizatsiyasi va uning natijalarini
hisobda aks ettirilishining to‘g‘riligini tekshirish.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalaridan olingan
daromad va xarajatlarni hisobda to‘liq va o‘z vaqtida aks ettirilishini
tekshirish.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining qayta
baholanishini to‘g‘ri va asosligini o‘rganish.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining soliq
qonunchiligiga rioya etilishini baholash.