• 10. 8. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va yo‘qotishlar tahlili
  • Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq quyidagilar kiradi
  • Omillar ta’siri natijalari




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet284/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    Omillar ta’siri natijalari 
     

    № 
    Omillar ta’siri natijalari
    Summa, mln so‘m 
    Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foydaning o‘tgan yildan farqi +317,2 
    Shu jumladan:
    1 Sotish hajmining ortishi
    +306,2 
    2 Mahsulot bahosining o‘zgarishi (INFLYaTsIYa) 
    +129,6 
    3 Sotilgan mahsulot tannarxining ortishi
    -323,5 
    4 Sotish xarajatlarining pasayishi 
    +11,8 
    5 Ma’muriy xarajatlarning kamayishi
    +43,8 
    6 Operatsion xarajatlarning kamayishi
    +149,3 


    388
    10. 8. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va
    yo‘qotishlar tahlili 
     
    Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar va xarajatlar 9510-
    9590 «Moliyaviy faoliyatdan daromadlar» hisobvaraqlarida alohida aks 
    ettiriladi. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlar bevosita 
    korxonaning asosiy faoliyatiga daxldor emas. Moliyaviy faoliyatdan 
    olingan daromadlarga «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomga 
    muvofiq quyidagilar kiradi: 
    1. Olingan royaltilar va sarmoya transferti. 
    2. O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa 
    xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda 
    qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va 
    obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli 
    qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar. 
    3. Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar 
    (lizing to‘lovini olish). 
    4. Valuta schotlari, shuningdek, chet el valutalaridagi operatsiyalari 
    bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari. 
    5. Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba korxonalarga va 
    hokazo) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar. 
    6. Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar. 
    Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda 
    yalpi daromadga kiritilmaydi. 
    Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar hisobi «Asosiy xo‘jalik 
    faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Lizing hiso-
    bi» nomli 6-son BHMS, «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli 12-son 
    BHMSlar asosida tartibga solinadi. 
    Moliyaviy natijalar tarkibiga quyidagi ko‘rinishdagi moliyaviy 
    investitsiyalarga oid daromadlar kiritiladi: 
    - uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo‘yicha foizlar, royalti, 
    dividendlar va ijara to‘lovlari bo‘yicha tushumlar; 
    - joriy moliyaviy investitsiyalarning sotilishidan olingan daromad;
    - qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning xarid qiymati va 
    bozor qiymatigacha pasaytirilishi va qaytadan qiymatning o‘zgartirilishi; 
    - balans qiymatining pasaytirilishi, uzoq muddatli moliyaviy 
    investitsiyalar qiymatining vaqtinchalik pasaytirilishi va bu kabi 
    pasaytirishlar qaytadan o‘zgartirilishi hollari bundan mustasno. 


    389

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish