399
Mazkur hisobvaraqlar tranzit (vaqtinchalik) hisobvaraqlardir, hiso-
bot oyining oxiriga borib ularning barchasi (bundan 92-hisobvaraq
mustasno) yakuniy moliyaviy natijani aniqlash 9910-hisobvaraq bilan
yopiladi, uning saldosi keyin 8710-«Hisobot
davrining taqsimlangan
foydasi (qoplanmagan zarari)» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Buxgalteriya
hisobotida aks etgan quyidagi xarajat ma’lumotlariga e’tibor qaratil-
mog‘i lozim.
Hisobotlarda odatdagi xo‘jalik faoliyatining borishi chog‘ida yuzaga
keluvchi
xarajatlardan tashqari, kelgusida biror-bir iqtisodiy manfaat-
larni hosil qilmaydigan xarajatlardan tashkil topgan zararlar ham bo‘lishi
mumkin. Ularga quyidagi uchala mezonlardan
biriga javob beruvchi
xarajatlar kiritiladi:
– kelgusida ma’lum bir daromadlarni keltirib chiqarmaydigan;
– aktivlar sifatida tan olib bo‘lmaydigan (kelgusi davrlar
daromadlari yoki oldindan to‘langan boshqa xarajatlarga o‘xshash);
– tashkilot balansida mol-mulkning o‘sishiga
kiritish mumkin
bo‘lmagan.
Daromadlilik, foydalilik bir xil ma’noga ega emas. Ayrim iqtisodi-
yotga oid manbalarda daromadlilik, foydalilik mazmun jihatdan bir deb
qaraladi. Masalan, korxonaning ma’lum davrdagi jami daromadi, sof
foydasini balans aktiviga nisbati bir xilda nomlanmaydi.
100%
(
)
А
SF
Balans аktivi rentabelligi R
А
×
=
.
daromad
Аktiv daromadliligi
А
=
å
99-jadval