Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

 
 
4. Aylanma aktivlar rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich aylanma aktiv-
larning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda, sof foyda summasini 
xarakterlaydi. Aylanma aktivlar rentabelligi olingan sof foyda summa-
sini aylanma aktivlarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida 
aniqlanadi. 
sof foyda
R=
100 %.
aylanma aktivlar o‘rtacha yillik qiymati
´
 
5. Jami mulk rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxona mulkining 
foydalilik darajasini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu 
ko‘rsatkich har bir so‘mlik mulkka to‘g‘ri keladigan sof foyda sum-
masini ifodalaydi. 
sof foyda
R=
100 %.
korxona mulki jami
´
 
 
6. O‘z mablag‘lari rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning 
o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘larning foydalilik darajasini xarak-
terlaydi. Korxona sof foydasini uning o‘zlik mablag‘lari manbayiga 
bo‘lish asosida o‘zlik kapitalining foydalilik darajasi o‘rganiladi. 
 
sof foyda
R=
100 %.
korxona o‘zlik mablag‘lari
´
 
7. Qarz mablag‘lari rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxona sof 
foydasini qarzga olingan mablag‘lariga nisbati asosida aniqlanadi. Bu 
ko‘rsatkich har bir so‘mlik qarz mablag‘iga to‘g‘ri keladigan foyda 
summasini ifodalaydi. 
sof foyda
R=
100 %.
qarz mablag‘lari jami
´
 
8. Asosiy vositalar va moddiy aylanma mablag‘lari rentabelligi. 
Ushbu ko‘rsatkich sof foyda summasini korxona asosiy vositalari va 
moddiy aylanma mablag‘lari o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida 
aniqlanadi. U har bir so‘mlik asosiy va aylanma mablag‘iga to‘g‘ri 
keladigan foyda summasini xarakterlaydi. 
 
sof foyda
R=
100 %.
asosiy va aylanma mablag‘lari o‘r. yil. qiym.
´
 


396
Bugungi kunda amaliyotda keng tarqalgan rentabellik ko‘rsatkich-
larining ayrimlarini quyidagi jadval misolida tahlil qilib chiqamiz. 
 
98-jadval 

Download 2,53 Mb.
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish