402
da qatnashuvchi birliklarga nisbatan belgilash mumkin. Masalan, mah-
sulotni sotishga nisbatan rentabellik o‘zgarishiga sotishdan olingan yalpi
foyda summasining o‘zgarishi va sotishdan olingan tushumlar summa-
sining o‘zgarishi ta’sir etsa, asosiy vositalar rentabelligiga korxona sof
foydasining o‘zgarishi va asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiyma-
tining o‘zgarishi, umumiy rentabellikka bir so‘mlik tushumga to‘g‘ri
keladigan sof foyda summasining o‘zgarishi, asosiy vositalar
qaytimining o‘zgarishi va moddiy aylanma mablag‘lar qaytimining
o‘zgarishlari ta’sir qiladi va hokazo.
Rentabellik o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi jadval
ma’lumotlari asosida ham aniq ko‘rish mumkin.
101-jadval
Mol-mulk rentabelligi va uning o‘zgarishiga ta’sir
etuvchi omillar tahlili
Shu jumladan
Ko‘rsatkichlar
O‘tgan
yili
Shartli
ko‘rsatkich
(rentabellik)
Hisobot
yili
Jami
o‘zgarish
(+, –)
Foydani
o‘zgarishi
hisobiga
Mol-mulk
qiymati-
ning
o‘zgarishi
hisobiga
1
2
3
4
5
6=4-3
7=3-2
Rentabellik, %
4,21
3,53
2,85
-1,36
-0,68
-0,68
Biz tahlil qilayotgan korxonada hisobot yilida mol-mulk rentabelligi
o‘tgan yilga nisbatan 1,36 foizga pasaygan. Bunga asosan ikkita omil,
ya’ni sof foyda miqdorining hamda mol-mulk qiymatining o‘zgarishi
ta’sir etgan. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, sof foydaning hisobot davrida
kamayganligi hisobiga mol-mulk rentabelligini o‘tgan yilga nisbatan
0,68 foizga pasayishiga, mol-mulk qiymatining joriy davrda
o‘zgarganligi esa 0,68 foizga pasayishiga olib kelgan. Bunday natijalar,
odatda, korxona uchun salbiy holat sifatida baholanadi. Shu sababli
korxona ma’muriyati rentabellikni oshirish choralarini va mavjud
imkoniyatlarni izlab topishi lozim bo‘ladi.