404
4. Foyda qanday shakllarga ega?
5. Foydani tahlil etishda qanday usullardan foydalaniladi?
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasi (zarari) tarkibiga
nimalar kiradi va uni tahlil qilish qanday amalga oshiriladi?
7. Moliyaviy natijalarning aniqlanish tartibini ko‘rsatib bering.
8. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda qanday tahlil etiladi?
9. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining yalpi moliyaviy natijasi
qanday tahlil qilinadi?
10. Moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromad va yo‘qotishlar qanday
o‘rganiladi?
11. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan yalpi moliyaviy natija va
unga ta’sir etuvchi omillar qanday tahlil etiladi?
12. Favquloddagi foyda va zararlar qanday tahlil etiladi?
13. Soliq to‘langungacha bo‘lgan moliyaviy natijalar qanday tahlil
etiladi?
14. Sof foydaga qanday omillar ta’sir etadi?
15. Foyda qanday taqsimlanadi va uning tahlili qanday amalga
oshiriladi?
16. Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasi deganda
nimani tushunasiz va u qanday tahlil etiladi?
17. Moliyaviy natijalar qanday baholanadi?
18. Daromadlarning joriy va kelgusidagi qiymatini aniqlash tartibini
ko‘rsatib bering.