• Bunday sabablarga quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet366/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    xxx 
    -12000 
    Yuqoridagi ko‘rsatkichlar 
    orqali hisob-kitob qilinadi 
    4. Hamma faoliyat turlaridan 
    pul mablag‘larining jami 
    o‘zgarishi 
    xxx 
     
    +1834 
    Hisob-kitob qilinadi 
    5. Hisobot yili boshiga pul 
    mablag‘lari qoldig‘i 
    xxx 
    7657 
    «Buxgalteriya balansi» (1-
    shakl) 
    6. Hisobot yili oxiriga pul 
    mablag‘lari qoldig‘i 
    xxx 
    9491 
    Hisob-kitob qilinadi 
    Egri uslub orqali pul oqimlarini tahlil etishda yuqoridagi singari 
    analitik hisobot tuziladi va pul oqimlarini hisoblash tizimi yaratiladi. 
    Mazkur tizim orqali korxonaning pul oqimlariga har bir faoliyat turi 
    qanday ta’sir ko‘rsatayotganligi o‘rganiladi. Egri uslubni qo‘llash orqali 
    har bir ko‘rsatkich pul mablag‘lariga qanday va qancha miqdorda ta’sir 
    ko‘rsatganligini ko‘rishimizga imkon beradi. Jadvaldan ko‘rinadiki, har 
    ikkala uslub orqali ham pul mablag‘lari qoldig‘i bir xil natijani 
    bermoqda. Bundan ko‘rinadiki korxonada pul mablag‘lari harakati 
    buxgalteriya hisobi va hisobotlarida to‘g‘ri aks ettirib borilgan. 


    501
    Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul oqimlarini tahlil qilish 
    natijasida pul mablag‘larining taqchillik sabablari to‘g‘risidagi dastlabki 
    xulosalarni qilish mumkin bo‘ladi. 
    Bunday sabablarga quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: 
    ● Xo‘jalik subyektlarining mol-mulk va mahsulot sotish 
    rentabelligini pastligi. 
    ● Soliqlar va dividend to‘lovlarining yuqoriligi. 
    ● Korxonalarda qoplash manbalaridan yuqori bo‘lgan kapital 
    xarajatlarining katta miqdorda amalga oshirilishi. 
    ● Me’yordan ortiqcha bo‘lgan zaxira va xarajatlarni tashkil etishga 
    pul mablag‘larining yo‘naltirilganligi. 
    ● Korxonalarda aylanma mablag‘lar aylanishining pastligi, ya’ni 
    aylanma mablag‘larning aylanishi sekinligi hisobiga korxona oborotiga 
    pul mablag‘larining qaytishi sekinligi natijasida oborotga qo‘shimcha 
    pul mablag‘larini jalb etilganligi. 
    ● Balans passivida qarz majburiyatlari ulushining ortishi hisobiga 
    qarz va kreditlarni qoplashga hamda foiz to‘lovlariga yuqori miqdorda 
    to‘lanmalar qilinganligi va boshqalar. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish