• Mazkur uslubning ham ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ma’lum kamchiliklarini ham amaliyotda kuzatish mum- kin
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet362/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    Egri uslub orqali esa amalda olingan moliyaviy natijalar (foyda) 
    bilan pul mablag‘lari hajmining mutlaq o‘zgarishi o‘rtasidagi o‘zaro 
    bog‘liqlikni aniqlash imkoniyati mavjud bo‘ladi. 
    Egri uslub orqali pul oqimlarini hisoblash sof foyda ko‘rsatkichi 
    bilan uning ko‘rsatkichlari korrektirovkasiga mosligidan, real pul 
    mablag‘lari harakatiga bog‘liq bo‘lmagan mos hisoblar (qatorlar) 
    bo‘yicha olib boriladi. Jumladan, pul oqimlarini tahlil etishning egri us-
    lubi faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari harakatining tahliliga aso-
    san tashkil etilgan bo‘lib, ya’ni korxona foydasi aniq qayerda vujudga 
    kelayotgani yoki «tirik pullar» qayerga sarflanayotganligini ko‘rsatadi. 
    U «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»ni quyidan (sof foydadan) 
    yuqoriga qarab o‘rganishga moslashtirilgan. Shu sababli ham bu uslubni 
    aksariyat iqtisodchi olimlar «quyi» usul deb ham nomlaydilar. 
    Pul oqimlarini operativ boshqarishda egri uslubning ahamiyati 
    quyidagilardan iborat bo‘ladi, ya’ni u moliyaviy natijalar va o‘z aylanma 
    mablag‘lari o‘rtasidagi o‘zaro moslikni o‘rnatish imkoniyatini ko‘rsatib 
    beradi. 


    498
    Egri uslub yordamida korxona faoliyatidagi eng muammoli jihatla-
    rini ko‘rsatib berish hamda ushbu kritik holatdan chiqish yo‘lini ishlab 
    chiqish mumkin bo‘ladi. Mazkur uslubning ham ijobiy jihatlari bilan 
    bir qatorda ma’lum kamchiliklarini ham amaliyotda kuzatish mum-
    kin: 
    1. Tashqi foydalanuvchilar uchun analitik hisobotlar tuzishdagi 
    yuqori mehnat sig‘imi talab etilishi. 
    2. Ichki buxgalteriya hisobi ma’lumotlari (bosh daftarlar)da kamchi-
    liklarning bo‘lishi. 
    Xo‘jalik subyektlarining faoliyatini tahlil qilish jarayonida ikkala 
    uslub (to‘g‘ri va egri)ning qo‘llanilishi bir-birini to‘ldirib boradi hamda 
    hisobot davrida korxonani pul mablag‘lari oqimining harakati haqidagi 
    real holatini ko‘rsatib beradi. 
    Xo‘jalik subyektlarining pul mablag‘lari oqimini egri uslub orqali 
    o‘rganish uchun alohida analitik hisobot tayyorlash lozim bo‘ladi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish