506
Korxonalarda pul mablag‘lari oqimini ratsional boshqarish uchun
korxonaning kelgusidagi pul mablag‘lari oqimini prognozlash (basho-
ratlash) muhim hisoblanadi. Bunda korxonaning
moliyaviy menejeri
tomonidan pul mablag‘larining kirimi va chiqimiga oid bor bo‘lgan
manbalari yig‘ilishi hamda o‘rganilishi lozim. Odatda ko‘pchilik ko‘r-
satkichlarni katta aniqlik darajasida bashoratlash birmuncha murakkab
jarayondir. Ayrim hollarda rejalashtirilgan davrdagi pul mablag‘lari
budjetining tashkil topishi, bashorat qilingan pul mablag‘lari
oqimiga
mos keladi.
Korxonalar kelgusida foydasini maksimal darajaga yetkazib, o‘z
faoliyatini ratsional ravishda yuritish uchun har qanday sharoitda ham
pul oqimini bashorat qilishning optimal usullarini tanlashi lozim. Bunda
korxona moliyaviy menejeridan iqtisodiy strategiyani to‘g‘ri
tanlay
bilishni, pul oqimlari hisobini aniq va to‘g‘ri yuritishni talab etadi.
Bizning nazarimizda korxonaning moliyaviy menejeri korxona pul
oqimlarini prognoz qilishda bir qancha bosqichlarni bosib o‘tishi lozim.
Bu bosqichlar qo‘yidagilardan iborat bo‘lishi kerak.