• Pul oqimini prognozlashning to‘rtinchi bosqichida
  • Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida korxonaning pul oqimini prognozlashning yuqoridagi bosqichlarini amalga oshirish natijasida
  • Pul oqimini prognozlashning uchinchi bosqichi




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet373/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    Pul oqimini prognozlashning uchinchi bosqichi mantiqan oldingi 
    ikkita bosqichning davomi bo‘lib hisoblanadi, ya’ni sof pul oqimini 
    bashoratlashni hisoblashda pul mablag‘lari kirimi va chiqimining 
    bashoratlarini solishtirish yo‘li orqali o‘rganiladi. 
    Pul oqimini prognozlashning to‘rtinchi bosqichida esa qisqa 
    muddatli moliyalashtirishda mutlaq talabni hisoblash hamda pul oqimini 
    bashoratlashda har bir davr boshi uchun bankning qisqa muddatli 
    ssudalari hajmini aniqlash o‘rganiladi. Hisob-kitoblarda korxonaning 
    sug‘urta zaxirasini tashkil etish, rejalashtirilmagan, ammo korxona 
    uchun maqbul bo‘lgan investitsiyaga mablag‘ sarflash uchun ixtiyoriy 
    minimumni hisob-kitob schotida inobatga olish tavsiya etiladi.
    Pul oqimini prognozlashda ushbu to‘rtta bosqichni qo‘llash hisobiga 
    korxonaning pulga bo‘lgan talabi o‘rganiladi. Bugungi kunda 
    amaliyotda afsuski, ko‘pchilik korxonalarning moliyaviy menejerlari 
    (korxona rahbari) korxona pul oqimini o‘rganmasligi va tahlil qilib 
    chiqmasligi natijasida korxonaning pulga bo‘lgan talabi to‘g‘risida hech 
    qanday ma’lumotga ega emaslar. Bunday holatni yaxshilash uchun, 
    yuqoridagi pul oqimlarini bashoratlashning bosqichlaridan foydalanish 
    ijobiy samara beradi deb hisoblaymiz. 
    Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida korxonaning pul oqimini 
    prognozlashning yuqoridagi bosqichlarini amalga oshirish natijasida 
    korxona moliyaviy menejeri: 
    – korxonaning pul oqimlari holati haqidagi to‘liq ma’lumotga;
    – korxonani raqobat bozorida yashab qolishini ta’minlab, 
    bankrotlikka uchramaslik sharoitlarini kafolatlaydigan;
    – bankdan olgan kreditlarini o‘z vaqtida qaytarish uchun amal 
    qilinadigan aniq dasturlarga ega bo‘ladi.
    Yuqoridagi fikr-mulohazalarimizdan kelib chiqadigan bo‘lsak, 
    korxonalarda pul oqimlarni prognozlash muhim ahamiyatga ega ekan-
    ligiga amin bo‘lamiz. Erkin iqtisodiyotga o‘tish sharoitida inflyatsiya 
    sur’atlarini ham hisobga olgan holda pul oqimlarini progonozlash kerak 
    bo‘ladi. Korxonaning moliyaviy menejerlari pul mablag‘larini 
    prognozlash orqali korxonaning kelgusidagi pul mablag‘lariga bo‘lgan 
    taxminiy talabini oldindan bilgan holda strategik rejalar tuzadilar. 
    Korxonaning kelgusidagi pul mablag‘lariga bo‘lgan talablarini oldindan 


    509
    bilish hisobiga, korxona iqtisodiyotini to‘g‘ri rejalashtirilishiga, 
    korxonaning kelgusidagi to‘lov intizomini yaxshilanishiga olib keladi. 
    Bu esa respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishida ham o‘zining ijobiy 
    ta’sirini ko‘rsatadi.

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pul oqimini prognozlashning uchinchi bosqichi

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish