496
moliyaviy faoliyat bo‘yicha chiqimlarni amalga oshirishi mumkin.
Masalan, asosiy vositalarni uzoq muddatli kredit hisobiga sotib olish,
kreditor qarzlarni aksiyani chiqarish va kreditlarga qo‘shimcha aksiyani
berish orqali bo‘lishi mumkin.
Korxona moliyaviy holatining sog‘lomligi sharti, pul mablag‘lari
kirimi korxonaning majburiyatlarini qoplay olishidir. Minimal
miqdordagi pul mablag‘larining yetishmasligi moliyaviy holat tangli-
giga, ortiqcha mablag‘larga ega bo‘lish inflyatsiya natijasida pulning
qadrsizlanishiga, hamda ortiqcha mablag‘larni samarali foydalanishga
yo‘naltirmaslik natijasida qo‘shimcha daromad ololmaslikka sabab
bo‘ladi. Shu bois pul mablag‘larini ratsional boshqarishni doimo nazorat
va tahlil qilish lozim. Bunday tahlil etishning amalda bir qancha usullari
mavjud.
Moliyaviy holat tangligi sabablaridan biri bu korxona joriy
aktividagi pul mablag‘larining joriy majburiyatlarga nisbatan keskin
kamayib borishidir. Shu bois har oyda pul mablag‘lari bilan muddati
kelgan majburiyatlarni bir-biri bilan taqqoslab, tahlil qilish lozim.
Pul mablag‘larini yetarli yoki yetishmasligini aniqlashning ikkinchi
usuli – bu pul mablag‘larining aylanish davrini aniqlashdan iborat.
Pul mablag‘larining
Pul mablag‘larining
* o‘rganilish davri
o‘rtacha qoldig‘i
=
.
Aylanma summasi
aylanish davri, kunda
Pul mablag‘larining o‘rtacha qoldig‘i 5000-«Kassadagi pul mablag‘-
lari» schoti, 5100-«Hisob-kitob schotidagi pul mablag‘lari» schoti,
5200-«Chet el valutasidagi pul mablag‘lari» schoti, 5500-«Bankdagi
maxsus schotlar» schoti orqali quyidagicha aniqlanadi: