492
Respublikamizda pul oqimlarini yuqoridagi baholash uslublari
orqali baholashpul mablag‘larini o‘rganishni xalqaro standartlar dara-
jasiga yaqinlashtiradi. Bu esa respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan
korxonalarga ham xorijiy investorlar qiziqishining ortishiga sabab bo‘la-
di, deb hisoblaymiz. Xususan, chet ellik iqtisodchi olimlar L.Dj.Gitman,
M.D.Djonk pul oqimlari harakati bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, xorijiy
investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalarda ikkita moliyaviy
ko‘rsatkichni investitsiyalar uchun mezon qilib olishni taklif etdilar:
1
1. Diskontlangan pul mablag‘larining oqimini hisoblash.
2. Investitsiyalarning taxminiy daromadliligini hisoblash.
Bu ikkala usul ham sof operatsion (muomala) foydasini hisoblashga
xizmat qiladi.
Pul mablag‘lari diskontlangan oqimini hisoblash ham investitsiya-
larning daromadlilik ko‘rsatkichi bo‘lib, investitsiyalar tahlilida pul
oqimlari summasidan soliqlarni ayirib tashlab, sof muomala foydasi
qiymatini hisoblashni talab qiladi. Sof qiymat pul oqimlarining joriy
qiymati bilan kapitalning investitsiyaga qo‘yilgan dastlabki qiymati
o‘rtasidagi farq hisoblanadi.
Investitsiyalarning taxminiy daromadliligini hisoblash investitsiya
qilinadigan obyektning yaroqliligini baholash amali bo‘lib, u investit-
siyaning to‘liq daromadliligi normasini bir necha yillar davomida
tushgan barcha daromadlar hisobidan qayta investitsiyalash imkoniyatini
ko‘rsatadi.
Professor T.Malikovning fikricha, «Diskontlashtirish kelajakda
olinishi mumkin bo‘lgan har qanday summa hozirgi paytda kichikroq
(ozroq, kamroq) bo‘lgan subyektiv foydalilikka (bahoga) ega degan
aqidaga asoslangan. Diskontlashtirish investitsiyalarning kelgusi qiy-
matini baholashda, qimmatli qog‘ozlarning qiymatini aniqlashda, bank,
valuta, sug‘urta amaliyotida va boshqa hollarda keng qo‘llanilishi
lozim».
2
«Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot»da joriy (operatsion), inves-
titsiya, moliyaviy va soliqqa tortish faoliyatlari bo‘yicha pul mablag‘lari
kirimi va chiqimi ifodalangan.