• MABLAG‘LARI QOLDIG‘I (070 satr) 36-сhizma. Pul mablag‘lari oqimi.
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet353/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

     
    HISOBOT 
    DAVRIDAGI PUL 
    MABLAG‘LARI 
    KIRIMI 
     
    HISOBOT 
    DAVRIDAGI PUL 
    MABLAG‘LARI 
    CHIQIMI 
     
    DAVR 
    OXIRIDAGI PUL 
    MABLAG‘LARI 
    QOLDIG’I 
     
    DAVR BOSHIDAGI 
    PUL 
    MABLAG‘LARI 
    QOLDIG‘I (070 satr) 
     
    36-сhizma. Pul mablag‘lari oqimi. 
    Pul mablag‘lari kelib tushishi va chiqimining har bir turini ko‘rib 
    chiqamiz. 
     
    Aksiyalar 


    487
    Pul mablag‘larining kelib tushishi (kirimi).
    Xaridorlardan olingan pullar (kirim), hisobot davrida korxonaning 
    bank schotlariga yoki veksel ko‘rinishida yuklab jo‘natilgan mahsulot, 
    bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan mablag‘-
    lar summasini ko‘rsatadi. Ushbu summani 4-shakl «Pul mablag‘lari 
    to‘g‘risidagi hisobot» moliyaviy hisobotidan (quyida 4-Sh) va 1-sh 
    shakli statistika hisobotidan olish mumkin. 
    Boshqa pul tushumlari va royaltidan, turli ko‘rinishdagi mukofotlar, 
    komission yig‘imlardan olingan pul mablag‘lari va ularning 
    ekvivalentlari summasini ko‘rsatadi. 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot 
    Aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv rahbariyati va tashqi foydala-
    nuvchi investorlar, kreditorlar, korxona menenjerlari uchun zarurdir. 
    Boshqaruv rahbariyati uchun bu hisobot korxonaning likvidligi, divi-
    dendlar miqdorini aniqlash, boshqa yo‘nalishlarga qo‘shimcha investit-
    siyalarni joylashtirish uchun manba hisoblanadi. 
    Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot zarur bo‘lgan hollarda korxonaga 
    yuqori daromad keltiradigan loyihalarni rejalashtirish uchun zarur 
    manbadir. 
    Korxonaning boshqaruv rahbariyati uchun bu hisobot korxonaning 
    qisqa muddatli kreditorlik qarzlarini uzishga mavjud mablag‘ni yetarli 
    yoki yetishmasliligi, hissadorlarga to‘lanadigan dividendlar miqdorini 
    ko‘paytirish yoki kamaytirish hamda korxonani investitsiya va moliya 
    masalalari bo‘yicha siyosat kabi masalalarni hal etish zarur. 
    Pul oqimlari to‘g‘risidagi manbalar asosida investorlar kompaniya 
    faoliyatini o‘rganadi va ularning faoliyatiga baho beradi. Jumladan, 
    korxona rahbariyati pul mablag‘lari harakatini boshqara olish, korxona 
    schotidan kreditor qarzlarni uzish hamda hissadorlarga dividend to‘lash, 
    qo‘shimcha moliyalashtirish maqsadlari uchun yetarli miqdorda pul 
    mablag‘larini jamlash imkoniyatlari aniqlanadi. Bu hisobot shakli orqali 
    sof foyda bilan pul mablag‘lari harakati o‘rtasidagi bog‘liqlik va 
    tafovutlari aniqlanishi mumkin. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot 
    korxonani investitsiya va moliyaviy faoliyati natijalarini o‘zida aks 
    ettiradi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish