• Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot
  • «Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»da korxona moliyaviy resurs-




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet351/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    «Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»da korxona moliyaviy resurs-
    laridagi barcha o‘zgarishlar pul mablag‘lari nuqtayi-nazaridan aks 
    ettiriladi: 
    • xo‘jalik faoliyatida olingan pullar harakati; 
    • olingan hamda to‘langan foizlar va dividendlar; 
    • to‘langan soliqlar; 
    • olingan va qo‘yilgan investitsiyalar; 
    • aksiyalar va zayomlar, shuningdek, ijara majburiyatlari bo‘yicha 
    tushumlar va to‘lovlar. 
    Kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘lgan pul mablag‘-
    laridagi barcha o‘zgarishlar shunday tartibda aks ettiriladiki, u pul 
    mablag‘lari qoldig‘i bilan ularga ekvivalent bo‘lganlar o‘rtasida, ya’ni 
    qisqa muddatli yuqori likvid investitsiyalar, erkin ayirboshlanadigan pul 
    mablag‘lari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash imkonini beradi. 
    4-son shaklga «Valuta mablag‘larining harakati to‘g‘risida ma’lu-
    motnoma» ilova qilinib, unda davr boshi va oxiriga bo‘lgan qoldiqlar, 
    valuta mablag‘lari tushumi va xarajati to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
    keltiriladi. 
    Korxonaning moliyaviy ahvoli ko‘p jihatdan real pul aylanmasiga 
    bog‘liq. Korxonaning hisob-kitob va o‘zga hisob raqamlari orqali 
    o‘tadigan pul mablag‘larining kelib tushishi va ularning sarflanishiga pul 
    mablag‘lari oqimi deyiladi. 
    Pul mablag‘lari oqimini tahlil qilish uchun 4-shakl «Pul mablag‘lari 
    to‘g‘risidagi hisobot» moliyaviy hisoboti, shuningdek, 1-sh shaklidagi 
    «Korxona (tashkilot) moliyaviy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘ri-
    sida»gi statistika hisoboti asosiy ma’lumot manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
    Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot – moliyaviy hisobot hujjati 
    bo‘lib, unda joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida pul mablag‘lari kelib 


    485
    tushishi, sarflanishi va ularning yil boshi va oxiridagi qoldig‘i, shuning-
    dek, investitsiya va moliyaviy faoliyatga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari 
    aks ettiriladi. 
    Pul mablag‘lari oqimiga so‘m va valutadagi pul mablag‘lari kiri-
    tiladi. Shu tufayli 4-shakl «Pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobot» moliya 
    hisobotida maxsus «Valuta mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi 
    ma’lumotnoma» bo‘lib, unda ularning davr boshi va oxiridagi qoldig‘i 
    va ularning kelib tushish va sarflanish summasi ko‘rsatiladi. 
    Pul mablag‘lari oqimini o‘rganishda ishlatiladigan asosiy atamalar 
    quyidagilardan iborat: 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»da korxona moliyaviy resurs-

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish