480
– noratsional pul-kredit siyosatini, hamda qayta moliyalash
stavkasini surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida
qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi;
– moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari
o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;
– qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta
xulosalar berilishi;
– moliyaviy audit va professional etika tamoyillarining buzilishi va
soxta audit xulosalari taqdim etilishi;
– moliyaviy rag‘batlantirish uslubi sifat ko‘rsatkichlariga emas,
balki miqdoriy ko‘rsatkichlarga asoslanganligi;
– yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog‘ozlarning
vujudga kelishi va hokazo.
Jahonning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olgan moliyaviy inqiroz
ko‘lami kengayotganiga qaramay, O‘zbekiston bank tizimi ishonchliligi
va barqaror rivojlanayotgani, xorijiy moliyalashtirish manbalariga
qaramligi yo‘qligi va tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga
berilmaslik xususiyatlari bilan ajralib turdi.
Moliyaviy inqiroz dunyoni bir muddat vahimaga solib qo‘ygani
rost. Ushbu bo‘hronning o‘tgan galgilaridan farqi – uning ko‘lami global
miqyosda o‘tgan davrlardagidan ko‘ra yanada kengroq sarhadlarni
qamrab oldi. Bu albatta, globallashuv jarayonining «ehsoni». O‘zbekis-
ton ham dunyo hamjamiyatining ajralmas qismi hisoblanar ekan,
jahonda yuz berayotgan moliyaviy inqiroz mamlakatimiz iqtisodiyotiga
ta’sir o‘tkazmay qolmaydi.
Bu borada Prezidentimizning
«...tobora chuqurlashib borayot-