Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

Pul ekvivalentlari - bu pul mablag‘lariga o‘xshaydigan, lekin 
boshqacha tasniflanadigan aktivlardir. Ular xazina veksellari, tijorat qo-
g‘ozlari va depozit sertifikatlardan iborat. Kechikishlar va jarima sank-
siyalari pul ekvivalentlarini pul mablag‘lariga almashtirilishiga ta’sir 
qilishi mumkin. Shuning uchun, ekvivalentlar kassa hisobvarag‘idan 
olinadi. Ko‘pincha, pul ekvivalentlarini hisob-kitob vositasiga aylanti-
rish ehtiyoji yo‘q. Ekvivalentlar, odatda, qisqa muddatli investitsiya 
hisobvarag‘iga olib boriladi. 
Pul mablag‘laridan samarali foydalanishni tashkil etish ko‘p jihat-
dan korxonalarda pul mablag‘larining harakatini optimal boshqarishni 
tashkil etish va ular ustidan nazoratni yaxshilashga bog‘liq. Pul mab-
lag‘lari nazoratini tashkil etishning asosiy elementlaridan biri esa 
korxonaning hisob-kitob schotidir, ya’ni hisob-kitob schotidan samarali 
foydalanishni maksimal darajada ta’minlash, barcha kirib kelayotgan pul 
mablag‘larini albatta bank orqali hisobga olish, barcha turdagi 
to‘lovlarni banklar chiqargan cheklar yoki shunga o‘xshash yozma 
topshiriqnomalar va ularning maxsus pul mablag‘lari fondi orqali 
amalga oshirish lozim. Agarda ko‘rsatilgan tartib qat’iy amal qiladigan 
bo‘lsa, u holda pul mablag‘larining hisobi ikki tomonlama bo‘ladi: 
birinchisi – korxonaning o‘zida, ikkinchisi – bankda. 
Moliyaviy axborot bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni 
tahlil qilishdir. Tahlil qilishda xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda hamda 
1
(«Moliyaviy hisob» buxgalteriya hisobining Milliy va Xalqaro standartlari asosida tayyorlangan o‘quv 
qo‘llanma. Toshkent, 2000-yil. 


484
xulosalar chiqarishda asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan foyda-
laniladi. 
Korxona moliyaviy ahvolini tahlil qilish bilan shug‘ullanayotgan 
har bir xodim moliyaviy hisobot shakllarini, shu jumladan, «Pul oqimi 
to‘g‘risidagi hisobot» shaklini erkin o‘qiy olishi, uning moddalarini 
tushunishi, shuningdek, xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilish-
lari kerak. 
Moliyaviy hisobot moddalaridan foydalanib, korxona to‘g‘risida 
katta hajmda ma’lumot olish, uning moliyaviy ahvolini xizmat va bozor 
faolligini tahlil qilish mumkin. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish