488
• operatsion faoliyatdagi pul mablag‘larining harakatiga baho berish;
• korxonaning joriy, investitsiya va moliyaviy faoliyatlari bo‘yicha
pul mablag‘larining sof kirimini va chiqimini aniqlash hamda baho
berish;
• pul mablag‘lari kirimi bo‘yicha
manbalarini, chiqimi bo‘yicha
harakatlarining tarkibini chuqur o‘rganish;
• pul mablag‘lari miqdorining optimal variantini aniqlash;
• korxonaning valuta mablag‘lari harakatini o‘rganish va unga ta’sir
etuvchi omillarga baho berish;
• korxonani sof pul oqimlarida ijobiy saldoni ko‘paytirish imko-
niyatlarini aniqlash va hokazolar.
13.2. Umumiy pul oqimlari tahlili
Pul mablag‘lari harakatini tahlil qilish moliyaviy ahvol va
moliyaviy natijalarni tahlil qilish o‘rtasidagi tahliliy ish hisoblanadi. Pul
mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotdagi umumlashtirish obyekti
korxonaning bank schotlari va kassadagi pul mablag‘lari hisoblanadi.
Ushbu hisobotni tuzishda pul mablag‘larining
ekvivalentlari ham pul
mablag‘lariga tenglashtiriladi. Pul mablag‘lari va ularning ekvivalent-
larining muomalaga kirib kelishi va chiqib ketishi korxonaning operat-
sion, investitsion va moliyaviy faoliyatdagi pul mablag‘lari
harakati
to‘g‘risidagi hisobotda ochib beriladigan pul oqimlarini tashkil qiladi.
Korxonalarda pul mablag‘larining harakati bir necha jarayonlar
bo‘yicha sodir bo‘ladi. Bugungi kunda korxonalarda pul oqimi asosan
to‘rtta jarayon bo‘yicha sodir bo‘ladi. Bularga:
__ operatsion faoliyatida pul mablag‘larining sof kirimi (+),
chiqimi (–);
__ investitsiya faoliyatidagi sof pul oqimlarining kirimi yoki
chiqimi;
__ moliyaviy faoliyatdagi pul mablag‘larining sof kirim yoki
chiqimi;
__ soliqqa tortish (to‘langan soliqlar).
Pul oqimlarini faoliyat turiga ko‘ra ajratish
foydalanuvchilarning
hisobot ma’lumotlariga nisbatan turli talablar bilan bog‘liq. Operatsion
faoliyatda kompaniyaning xo‘jalik jarayonini pul mablag‘lari bilan
ta’minlab turish imkoniyatini baholash va
ishlab chiqarish quvvatla-
489
rining kengayishi natijasida oborotning oshishi tendensiyalarini aniqlash
muhim. Investitsiyalarga yo‘naltirilgan mablag‘lar bo‘lajak ishlab
chiqarish quvvatlarining shakllangan xo‘jalik faoliyati darajasini va
belgilangan rentabellik hamda likvidlik darajalarini
qanchalik saqlay
olish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi moliyaviy
tusdagi ma’lumotlar kompaniya mulkdorlari va kreditorlarining kompa-
niyada shakllantirilayotgan pul oqimlariga nisbatan kelgusidagi
da’volari nuqtayi nazaridan qiziqish uyg‘otadi.
Quyida real sektorda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik
yurituvchi sub-
yektning misolida yuqoridagi jarayonlar bo‘yicha pul mablag‘larining
harakatini ko‘rib chiqamiz.
121-jadval