497
125-jadval
Pul mablag‘larining oylar bo‘yicha harakati tahlili
Oylar
Pul mablag‘larini qoldig‘i
(ming sum)
Aylanma
summasi,
(ming sum)
Aylanish davri,
kunda 1*30/2
Yanvar
12734
140448
2,72
Fevral
11466
159250
2,16
Mart
12766
187739
2,04
Aprel
12780
180000
2,13
va hokazo
Korxonada pul mablag‘lari
aylanmas
i davomiyligi o‘rtacha 2,04 dan
2,72 kungacha tashkil etgan. Pulni korxona schotiga kelib tushishidan to
chiqib ketishiga qadar 2 kundan ortiqroq kun ketgan. Tahlil davomida
pul mablag‘lari kirimi va chiqimi tarkibi atroflicha o‘rganilmog‘i lozim.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarini tahlil etishning 2
uslubi mavjud.
1. To‘g‘ri uslub.
2. Egri uslub.
To‘g‘ri uslub orqali pul mablag‘larining harakatini tahlil etish
uchun joriy faoliyat, soliqlanish, investitsiya, moliyaviy faoliyatlari
bo‘yicha mablag‘larni kirim qismi, chiqimi bilan taqqoslanib, sof kirimi
(yoki chiqimi) aniqlanadi.