MO’MINOV XUSAN 072
-19 GURUH
TATU-2024
Oltinchidan, axborot texnologiyalarining butun O‘zbekiston bo‘ylab keng
tarqalishini ta’minlash. Nafaqat viloyat markazlarida, balki chekka qishloqlarda ham
axborot texnologiyalarining joriy qilinishi elektron tijorat hajmining sezilarli darajada
oshishiga olib keladi.
Yettinchidan, on-line banking tizimini butun respublika bo‘ylab samarali joriy
qilish. Bu ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar uchun o‘z
tovar va xizmatlari bilan internet tarmog‘i orqali erkin savdo qilish imkoniyatini
oshiradi. Shu bilan birga bu bank sohasining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ham
sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekistonda elektron
tijoratni rivojlantirish
imkoniyatlari yildan yilga o‘sib borayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Uning
rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar
topish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha tanlangan va
amaldagi yo‘ldan to‘g‘ri borish, kelajakda O‘zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining
yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O‘zbekistonda elektron tijorat bo‘yicha mavjud
muammolarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘li tanlanganligi
xalq farovonligida,
jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o‘z aksini topadi.