|
Narx – rеal bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir
|
bet | 6/7 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #246535 |
Bog'liq Saidaxon kurs ishiNarx – rеal bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi.
- Qiymat va naflilikni o’lchash vazifasi.
- Tartibga solish vazifasi.
- Raqobat vositasi vazifasi
- Ijtioiy himoya vazifasi
2.2 Narx siyosati va uning O’zbekistonda amalga oshirilishi xususiyatlari
Davlatning narx siyosati - bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida narxlarni erkinlashtirish va milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi. Narxlarni erkinlashtirishdan ko‘zlangan maqsad:
- xom ashyo bilan mahsulot ayrim turlari narxlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni yumshatish;
- narx bilan axrli daromadlari va korxonalar foydasi urtasidagi mutanosiblikka erishish;
- investitsion tovarlar, ists’mol tovarlari va xizmatlar narxlarining oqilona nisbatini ta’minlash;
- ishlab chiqarish vositalari, xalq iste’mol tovarlari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari hamda ta’riflariga o‘tish;
«... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ob’ektiv shart qilib qo‘ymoqda. Bu borada ham juda ko‘p echilmagan muammolar bor. Ya’ni, eski ma’muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralaShuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta’minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to‘laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo‘lidagi mavjud g‘ov-to‘siqlarni bartaraf etishimiz zarur».
2.3 O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik
O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga etkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan.
2022-yilda “Raqobat to‘g‘risida»gi va «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonunlar «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunga birlashtirilib. Qonun loyihasi Oliy majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi,
Qonun loyihasi 9 ta bob, 52 ta moddadan iborat bo‘ldi
Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:
- xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan bozordagi ustunlik hola tining suiste’mol qilinishi (5-modda);
- xo‘jalik subyektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o‘zaro kelishilgan xatti-harakatlari) (6-modda);
- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining raqobatni cheklashga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda);
- insofsiz raqobat (8-modda).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Narx – rеal bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir
|