|
Monopoliyaning vujudga kelishi va uning salbiy hamda ijobiy jihatlari
|
bet | 5/7 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #246535 |
Bog'liq Saidaxon kurs ishi1.3 Monopoliyaning vujudga kelishi va uning salbiy hamda ijobiy jihatlari
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo‘ladi. Birinchidan, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, u ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi. Ikkinchidan, monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiytexnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi. Chunki, uncha yirik bo‘lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko‘ra, ko‘proq joriy daromadga e’tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g‘oyalar raqiblar tomonidan juda tez o‘zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g‘oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan Monopoliyaning ijobiy tomoni xarajatlarning tejalishi va texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishda namoyon bo’ladi
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko‘rsatish mumkin:
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi
3) iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi
iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi
2-BOB NARX SIYOSATI HAMDA IQTISODIY MONOPOLIZM
2.1 Narxning mazmuni, vazifalari va turlari
2.2 Narx siyosati va uning O’zbekistonda amalga oshirilishi xususiyatlari .
2.3 O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik
Narx - bozor mexanizmining muhim tarkibiy elementlaridan biri. U o’zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromad iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bo’yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi
2.1 Narxning mazmuni, vazifalari va turlari
|
| |