|
Monopoliyaga qarshi qonunchilik va uni o’zbekistonda qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari
|
bet | 2/7 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #246535 |
Bog'liq Saidaxon kurs ishiRaqobat bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi
Nima uchun raqobat mavjud? Birinchidan, bozor sharoitida ishlab chiqaruvchilar tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil faoliyat yuritadi, har bir mulk egasining manfaati mavjud bo’lib, u shu manfaatini qondirishga intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish soxasidagi faoilyati shu manfaatga bo’ysindiriladi. Shuning uchun ham raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi subyektlar manfaatlarining to’qnashuvining natijasi bo’ladi
ikkinchidan, raqobatning mavjud bo’lishi tovar-pul munosabatlari rivojlangan bozor tizimini amal qilishi natijasidir. Bozor iqtisodiyotining shakllanib borishi bilan unga xos raqobat ham yuzaga keldi va iqtisodiyotning bozor tizimida rivojlanishida raqobatchilik muhiti ham takomillashib bordi
Raqobatlashuv usullari
Narxli
Narxsiz
raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo’lib, ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi
raqobat kurashning asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko’rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obru-e‘tibori hisoblanadi.
O’z miqyosiga ko’ra raqobat ikki turga bo’linadi
Tarmoq ichidagi raqobat
Tarmoqlararo raqobat.
Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qo’layroq sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi. Korxonalarning (tarmoqlar ichida) har bir tarmoqda texnika bilan ta‘minlash darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo’lganligi sababli, shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir hil bo’lmaydi.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Masalan, sanoat, qishloq xo’jaligi va qurilish sohalarida raqobatda qaysi tarmoqda foyda ko’p bo’lsa, kapital shu tarmoqda ko’chiriladi, keyin esa boshqasiga qaytadi, chunki shu tarmoq mahsulotlariga talab ko’payadi. Bu kurash teng kapital uchun teng foyda olishiga intilishini ta‘minlaydi.
Raqobatning to’rtta shakli mavjud:
1. Erkin raqobat;
2. Monopolistik raqobat;
3. Monopoliya;
4. Oligopoliya
|
| |