• Administratorlik quyi tizimi Jurnal yaratish ssenariysi
  • Maqola va test savollarini jamlovchi quyi tizim Tex formatga o‘tkazish va abrobatsiyaga tayyorlash ssenariysi
  • 4.3. Taʼminot turlariga qo‘yiladigan talablar 4.3.1. Matematik taʼminotga qo‘yiladigan talablar
  • 4.3.2. Axborot taʼminotiga qo‘yiladigan talablar
  • Lingvistik taʼminotga qo‘yiladigan talablar
  • Umumta’lim hamda chet tili fanlaridan test savollarini tekshirish ssenariysi




    Download 205,02 Kb.
    bet13/15
    Sana14.05.2024
    Hajmi205,02 Kb.
    #230489
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    MTSSH oxirgi versiya

    Umumta’lim hamda chet tili fanlaridan test savollarini tekshirish ssenariysi: Foydalanuvchi(test yuboruvchi) tomonidan tizimga yuklangan maqolalar ekspertlar va moderatorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
    Amalga oshirish uchun vaqt reglamenti – Murojaatni ko‘rib chiqish muddatlari Bilimni baholash agentligining 2023-yil 5-apreldagi 01-165-sonli buyrug‘i bilan tartibga solinadi.
    Amalga oshirish sifatiga qo‘yiladigan talablar - Funksiyaning dasturiy ta’minoti harakatlar to‘g‘risida to‘liq va izchil ma’lumotlarni taqdim etishi kerak.
    Agar dasturiy ta’minot yoki apparatda xatolik yuzaga kelsa, ma’lumotlarni o‘zgartirish harakatlari bekor qilinadi va ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar avvalgi holatiga qaytarilishi kerak.
    Administratorlik quyi tizimi
    Jurnal yaratish ssenariysi: Tizim administratori yoki muharriri tomonidan yangi jurnal soni uchun tasdiqlangan maqolalar jurnalga biriktiriladi va jurnal to‘liq yaratilgandan keyin saytga nashr etilgan jurnallar bo‘limiga qo’shiladi.
    Amalga oshirish uchun vaqt reglamenti – Murojaatni ko‘rib chiqish muddatlari Bilimni baholash agentligining 2023-yil 5-apreldagi 01-165-sonli buyrug‘i bilan tartibga solinadi.
    Amalga oshirish sifatiga qo‘yiladigan talablar - Funksiyaning dasturiy ta’minoti harakatlar to‘g‘risida to‘liq va izchil ma’lumotlarni taqdim etishi kerak.
    Agar dasturiy ta’minot yoki apparatda xatolik yuzaga kelsa, ma’lumotlarni o‘zgartirish harakatlari bekor qilinadi va ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar avvalgi holatiga qaytarilishi kerak.
    Maqola va test savollarini jamlovchi quyi tizim
    Tex formatga o‘tkazish va abrobatsiyaga tayyorlash ssenariysi: Tizimdagi test savollarini fan ekspertlaridan o‘tgan qismi tizim moderatorlariga keladi va moderatorlar tomonidan test savollarini tex formatga o‘tkazib chiqiladi.
    Amalga oshirish uchun vaqt reglamenti – Murojaatni ko‘rib chiqish muddatlari Bilimni baholash agentligining 2023-yil 5-apreldagi 01-165-sonli buyrug‘i bilan tartibga solinadi.
    Amalga oshirish sifatiga qo‘yiladigan talablar - Funksiyaning dasturiy ta’minoti harakatlar to‘g‘risida to‘liq va izchil ma’lumotlarni taqdim etishi kerak.
    Agar dasturiy ta’minot yoki apparatda xatolik yuzaga kelsa, ma’lumotlarni o‘zgartirish harakatlari bekor qilinadi va ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar avvalgi holatiga qaytarilishi kerak.
    4.3. Taʼminot turlariga qo‘yiladigan talablar
    4.3.1. Matematik taʼminotga qo‘yiladigan talablar
    Axborot tizimining matematik ta’minoti uchun alohida talablar qo‘yilmaydi. Tizimni ishlab chiqish jarayonida amaldagi me’yoriy hujjatlarga asoslaniladi. Me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinmagan holatlarda mantiqan optimal bo‘lgan matematik uslublar, modellar va algoritmlardan foydalanilishi lozim.
    4.3.2. Axborot taʼminotiga qo‘yiladigan talablar
    Tizimga kiritiladigan ma’lumotlar zamonaviy relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida saqlanishi va boshqarilishi lozim. Ma’lumotlarning to‘liqligi va o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash uchun ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining ichki mexanizmlaridan foydalanilishi lozim. Ma’lumotlar bazasi normalizatsiya qoidalari bo‘yicha shakllantirilishi lozim.
    Tizimning modullari va tarkibiy qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi umumfoydalaniladigan ma’lumotlar bazasi orqali amalga oshirilishi lozim.
    Tizimning administrator paneli «mijoz/server» texnologiyasi asosida tashkil etilib, bunda:

    • mijoz (foydalanuvchi) dasturi Google Chrome, Mozilla Firefox, Opera hamda Safari web-brauzer orqali ishlaydigan web-ilova shaklida bo‘lishi;

    • tizimning barcha asosiy amallarini bajaruvchi dasturiy mahsulot dasturlar serverida joylashtirilishi;

    • tizimning ma’lumotlar bazasi PostgreSQLda joylashtirilishi lozim.

    Buyurtmachining imkoniyatlariga ko‘ra, dasturlar serveri va ma’lumotlar bazasi serveri sifatida bitta yagona serverdan foydalanilishi ham mumkin.
    Tizim serverini masofadan boshqarish, standart tarmoq texnologiyalari asosida, himoyalangan axborot uzatish tarmoqlari orqali amalga oshirilishi lozim.
    Tizimga yuklatilgan barcha vazifalarning to‘laqonli bajarilishiga erishish uchun, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi quyidagi talablarga javob berishi lozim:

    • ma’lumotlarni relyatsion tartibda saqlash va PostgreSQL tilidagi so‘rovlar asosida ishlay olishi;

    • "mijoz-server" arxitekturasiga mos kelishi;

    • turli operatsion tizimlar va texnik vositalarda ishlaydigan versiyalarga ega bo‘lishi;

    • interoperabellik (boshqa arxitekturadagi tizimlar bilan hamkorlikda ishlay olishi).

    • ko‘p oqimlilik (mnogopotochnost);

    • ishonchlilikni ta’minlash vositalariga ega bo‘lish: tranzaksiyalar jurnalini yuritish, tizim ishini to‘xtatmay turib, ma’lumotlardan rezerv nusxa olish va qayta tiklash imkoniyati;

    • ma’lumotlar butunligini ta’minlash vositalariga ega bo‘lish;

    • so‘rovlarni optimallashtirish vositalariga ega bo‘lish;

    • xafvsizlikni ta’minlashning ichki mexanizmlariga ega bo‘lish.




        1. Lingvistik taʼminotga qo‘yiladigan talablar


    Download 205,02 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 205,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumta’lim hamda chet tili fanlaridan test savollarini tekshirish ssenariysi

    Download 205,02 Kb.