|
Foydalaniladigan dasturlash tiliga qo‘yiladigan talablar
|
bet | 14/15 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 205,02 Kb. | | #230489 |
Bog'liq MTSSH oxirgi versiyaFoydalaniladigan dasturlash tiliga qo‘yiladigan talablar
Tizimni ishlab chiqishda bugungi kunda mijoz-server texnologiyasidagi veb-ilovalar ishlab chiqishda eng keng foydalaniladigan dasturlash tillaridan birortasidan (Django framework, Python dasturlash tili yoki boshqa) foydalanilishi lozim.
Dasturlash tilidan foydalanish masalasi, tizimni ishlab chiqish jarayonida ishning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Ma’lumotlarni boshqarish tili sifatida PostgreSQL so‘rovlar tilidan foydalanilishi lozim.
Tizimning interfeysi asosan o‘zbek tilining lotin alifbosida, rus tili, o‘zbek tilining kiril alifbosida va boshqa tillarda yaratilgan bo‘lishi lozim.
4.3.4. Dasturiy taʼminotga qo‘yiladigan talablar
Foydalanuvchi uchun yagona talab bu kompyuterning internet tarmog‘iga ulanganligidir. Agar foydalanuvchi masofaviy test topshiriqlarini bajarish istagini bildirsa. Undan tashqari Internet Explorer 6.0 va undan yuqori versiyasi yoki Mozilla oilasiga kiruvchi brauzerlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Internet Explorer 5.0 va eski versiyalari va Opera ning har qanday versiyalik brauzerlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki axborot tizimining baʼzi bir imkoniyatlariga cheklovlar qo‘yiladi.
4.3.5. Texnik taʼminotiga qo‘yiladigan talablar
Tizimning ishlashi uchun foydalaniladigan barcha texnik vositalar ishonchlilik, ekologik tozalik, xavfsizlik va texnik xususiyatlari bo‘yicha zamonaviy kompyuter texnikalariga qo‘yiladigan barcha talablar va normalarga mos bo‘lishi hamda xalqaro muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishi lozim.
Tizimning ishlashi uchun foydalaniladigan texnik vositalarning turlari:
ma’lumotlar bazasi va dasturiy mahsulotlar serverlari;
korporativ, tas-ix, internet kompyuter tarmog‘i;
foydalanuvchilarning ishchi stansiyalari;
administratorlarning ishchi stansiyalari;
uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash qurilmalari va boshqalar.
5-jadval. Texnik ta’minotga qo‘yiladigan minimal talablar
Qurilma
|
Asosiy xususiyatlari bo‘yicha minimal talablar
|
Virtual Server
|
Mikroprotsessorlar – yadrolar soni 6 tadan, har bir yadroning chastotasi
3,0 GHz dan past bo‘lmagan, kamida 2 ta mikroprotsessor;
Tezkor xotira – kamida 16 GB (32 GB gacha kengaytirish imkoni bilan);
Doimiy xotira – kamida 1 TB li SSD.;
- serverning holatini to‘liq monitoring qilish;
- hodisalar jurnalini yuritish;
- masofadan boshqarish imkoniyati.
- Debian 11 operatsion tizimi
- 100 Mbit/s dan kam bo‘lmagan aloqa kanali.
|
Administratorlarning ishchi stansiyalari
|
Chastotasi 2,8 GHz dan, yadrolar soni 4 tadan kam bo‘lmagan, zamonaviy mikroprotsessor; 8 Gb dan kam bo‘lmagan tezkor xotira; 1 Tb dan kam bo‘lmagan SATA disk; 1 Gb/s dan kam bo‘lmagan Ethernet port; kamida 2 ta bo‘sh USB 2.0 port; 22” dan kichik bo‘lmagan monitor, klaviatura, sichqoncha, UPS, serverlarga ulanish tezligi 1 mbit/s dan kam bo‘lmagan aloqa kanali.
|
Tarmoqlararo ekran
|
FireWall
|
Foydalanuvchilarning ishchi stansiyalari
|
Chastotasi 2 GHz dan, yadrolar soni 2 tadan kam bo‘lmagan, mikroprotsessor; 2 Gb dan kam bo‘lmagan tezkor xotira; 500 Gb dan kam bo‘lmagan SATA disk; 1 Gb/s dan kam bo‘lmagan Ethernet port; kamida 2 ta bo‘sh USB 2.0 port; 19” dan kichik bo‘lmagan monitor, klaviatura, sichqoncha, UPS, serverlarga ulanish tezligi 5 mbit/s dan kam bo‘lmagan aloqa kanali.
|
Uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash qurilmasi
|
Ushbu qurilma telekommunikatsiya shkafida joylashtiriladigan serverlar va aloqa vositalarini elektr ta’minotida bo‘ladigan nosozliklardan ishonchli himoya qilishi va elektr ta’minoti butunlay uzilib qolgan taqdirda barcha qurilmalarni kamida 30 daqiqa davomida muqobil elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlay olishi hamda bunday holat yuzaga kelganda administratorga avtomatik tarzda elektron pochta yoki SMS xabar shaklidagi xabarni zudlik bilan avtomatik tarzda yubora oladigan bo‘lishi lozim.
Uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash qurilmasini tanlashda, unga ulanadigan barcha qurilmalarning maksimal elektr iste’moli ko‘rsatkichlaridan tashqari, 20 foiz zahira ham hisobga olinishi lozim.
Uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash qurilmasi standart telekommunikatsiya shkafida o‘rnatishga mo‘ljallangan bo‘lishi, uning batareyalarini tizim ishini to‘xtatmagan holda va qurilmaning o‘zini shkafdan yechib olmagan holda, mustaqil almashtirish imkoniyati bo‘lishi lozim.
Foydalaniladigan uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash qurilmasi ishini masofadan turib veb-interfeys yoki serverlarda o‘rnatiladigan maxsus dasturiy vositalar yordamida nazorat qilish hamda boshqarish imkoniyati bo‘lishi lozim.
|
4.3.6. Metrologik taʼminotiga qo‘yiladigan talablar
Tizimni joriy etish va uning doimiy barqaror ishlashiga erishish uchun, buyurtmachi tomonidan tizimdan foydalanishning barcha tartib-qoidalarini qamrab olgan me’yoriy-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va tizimdan foydalanuvchi hamda unga xizmat ko‘rsatuvchi barcha xodimlarga yetkazilishi lozim.
Xodimlar tomonidan noto‘g‘ri amallar bajarilishining oldini olish uchun:
adminstratorlardan tashqari barcha foydalanuvchilar uchun tizimdagi ma’lumotlar va sozlanmalarni o‘chirish huquqi berilmasligi;
tizimdan foydalanish qoidalari bo‘yicha to‘liq va tushunarli yo‘riqnomalar ishlab chiqilib, dastlabki hamda doimiy o‘quvlar o‘tkazib borilishi;
tizimning barqaror ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha texnik va tashkiliy ishlar o‘z vaqtida amalga oshirib borilishi lozim.
4.3.7. Tashkiliy taʼminotiga qo‘yiladigan talablar
Tizimning barqaror va to‘laqonli ishlatish uchun talab etiladigan tashkiliy ishlar ro‘yxati ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanib, buyurtmachiga taqdim etiladi va jarayonni ushbu talablar asosida tashkil etish, tizim ishlashining muhim sharti hisoblanadi.
AT ishlashida ishtirok etadigan shu tashkilot bo‘linmalari:
AKT;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi;
AKT bo‘lim xodimlari AT ni serverda ishlashini, internet trafiklar boshqaruvi, tashqi hujumlardan himoyalash va xavfsizligini ta’minlaydi va nazorat qiladilar;
4.3.8. Uslubiy taʼminotiga qo‘yiladigan talablar
Tizimning ishlash uslublari mazkur texnik topshiriqda belgilangan talablar asosida ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanib, tayyor dasturiy mahsulot shaklida buyurtmachiga taqdim etiladi. Tizimni foydalanishga qabul qilib olish jarayonida, tomonlarning kelishuviga asosan tizimning uslubiy ta’minotga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Tizimni ishlab chiqishda amaldagi O‘z DSt standartlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
5. Tizimni yaratish bo‘yicha ishlarning tarkibi va mazmuni
Tizimni ishlab chiqish va joriy etish O‘z DSt 1986:2018 davlat standartiga asosan bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan tashkiliy va amaliy ishlar kompleksidan iborat.
Tizimni ishlab chiqish va joriy etish davomida quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim:
tizimni ishlab chiqish zarurligini asoslash Tizimga qo‘yiladigan dastlabki talablarni shakllantirish;
tizimni ishlab chiqish zarurligini asoslash tizimga qo‘yiladigan dastlabki talablarni shakllantirish;
mazkur texnik topshiriqni tasdiqlash;
zarur texnik vositalar sotib olish va olib keltirish;
texnik vositalarni o‘rnatish va foydalanishga shay holatga keltirish;
tizimning barcha foydalanuvchilari va serverlar o‘rtasida himoyalangan aloqa kanallarini tashkil qilish;
mazkur texnik topshiriqqa asosan axborot tizimini ishlab chiqish;
tizimining ishlashini tekshirish va qo‘shimcha ishlov berish;
tizimdan foydalanuvchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun maxsus o‘quvlar o‘tkazish;
tizimni sinov tariqasida foydalanishga topshirish;
axborot tizimining ishlashini sinovdan o‘tkazish va qo‘shimcha ishlov berish;
axborot tizimini foydalanishga topshirish.
6-jadval - Tizimni ishlab chiqish va joriy
etish ishlarining tarkibi va mazmuni
№
|
Ishlarning nomi va mazmuni
|
Bajarish muddatlari
|
Bajaruvchi (tashkilot, korxona)
|
Bosqich nima bilan tugaydi
|
boshi
|
yakuni
|
|
|
1
|
Dastlabki loyihaviy yechimlarni ishlab chiqish (eskiz loyihasini amalga oshirish):
- axborot tizimi funksiyalari;
- tizim modullarning funksiyalari, ularning maqsadlari va kutiladigan natijalar;
- vazifalar tarkibini shakllantirish;
- ma’lumotlar bazasining konsepsiyasi va tuzilmasi;
- ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining funksiyalari;
- hisoblash tizimining tarkibi;
- dasturiy vositalarning funksiyalari va parametrlari.
|
1.05.2023
|
30.07.2023
|
Bilim va malakalarni baholash agentligi
|
Axborot tizimi eskizini, loyihaoldi izlanishlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etish
|
2
|
Texnik loyihani amalga oshirish:
- Tizim va uning qismlari bo‘yicha loyihaviy yechimlarni ishlab chiqish;
- Tizimni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi hujjatlarni tayyorlash;
|
30.07.2023
|
01.09.2023
|
Bilimni baholash agentligi
|
Axborot tizimini ishlab chiqish, Tegishli dalolatnomalarini taqdim etish
|
3
|
Foydalanish hujjatlarini ishlab chiqish:
- vazifalar yo‘riqnomalari;
- foydalanish tartibi bo‘yicha yo‘riqnomalar.
|
01.09.2023
|
30.12.2023
|
Bilimni baholash agentligi
|
Foydalanuvchi yo‘riqnomalarini taqdim etish
|
4
|
Tizimni foydalanishga topshirish:
Tizimni topshirish uchun tayyorlash;
Xodimlarni tayyorlash;
Texnik va dasturiy vositalarni ishga tayyorlash;
Tizimni ishga tushirish;
Dastlabki tekshirish ishlari;
Sinov tariqasida ishlatib ko‘rish;
Qabul qilish sinovidan o‘tkazish.
|
01.01.2024
|
01.03.2024
|
Bilimni baholash agentligi
|
Axborot tizimini foydala-nishga topshirish, dastlabki natijalar bo‘yicha dalolatnomalar taqdim etish
|
5
|
Tizimga xizmat ko‘rsatish:
Xizmat ko‘rsatish rejasini tasdiqlash;
Kafolatli xizmat ko‘rsatish ishlari;
Kafolat muddatidan keyingi xizmat ko‘rsatish ishlari.
|
01.03.2024
|
30.11.2024
|
Bilimni baholash agentligi
|
Tizimga texnik xizmat ko‘rsatish, tegishli hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish
|
6. Tizimni nazorat qilish va qabul qilish tartibi
6.1. Tizimni qabul qilish tartibi
O‘z DSt 1986:2018 davlat standartiga asosan axborot tizimini tekshirish, sinovdan o‘tkazish va qabul qilish ishlari quyidagilardan tashkil topadi:
axborotlashtirish obyektini dastlabki tekshirishlardan o‘tkazish;
axborot tizimini konsepsiyasini ishlab chiqish;
texnik topshiriqni ishlab chiqish;
tizimdan sinov tariqasida foydalanish;
qabul qilish sinovidan o‘tkazish;
foydalanishga topshirish;
axborot tizimini qo‘llab-quvatlash.
Tizim foydalanishga yaroqliligi va mazkur texnik topshiriqda qo‘yilgan talablarga javob berishi bo‘yicha dastlabki tekshirishlardan o‘tkazilishi lozim. Dastlabki tekshirish ishlari ijobiy yakunlanganda, tizimdan sinov tariqasida foydalanishga boshlanishi mumkin.
Tizimdan sinov tariqasida foydalanish ishlari buyurtmachining maxsus o‘quvlarda ishtirok etgan xodimlari tomonidan o‘tkaziladi. Sinovdan o‘tkazish ishlari 5 ish kunidan kam va 15 ish kunidan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Zaruratga ko‘ra tizimni sinovdan o‘tkazish ishlarining natijalari to‘g‘risida bayonnoma tuzilishi va tomonlarga bir nusxadan taqdim etilishi mumkin.
Tizimdan sinov tariqasida foydalanish ishlari ijobiy yakunlangach, tizim qabul qilish sinovidan o‘tkaziladi. Qabul qilish sinovi natijalari bo‘yicha tizim foydalanishga topshiriladi va undan amalda foydalanishga boshlash imkoniyati yaratiladi.
Qabul qilish sinovida quyidagilar ko‘rib chiqilishi lozim:
axborot tizimining barcha modullari;
foydalanish hujjatlarining to‘liqligi va tushunarliligi;
xodimlarning foydalanish hujjatlari bilan tanishganlik darajasi va tizimdan mustaqil foydalanishga tayyorlik darajasi.
Axborot tizimini foydalanish uchun qabul qilish jarayonida tizimning barcha modullari foydalanishga yaroqlilik va mazkur texnik topshiriqda qo‘yilgan hamda tizimni ishlab chiqish davomidagi kelishuvlarga asosan texnik topshiriqqa kiritilgan o‘zgarishlar talablariga javob berishi bo‘yicha buyurtmachi tomonidan sinovdan o‘tkaziladi.
Foydalanish hujjatlarining to‘liqligi va tushunarliligini tekshirishda:
foydalanish hujjatlarining mazkur texnik topshiriq talablariga to‘liq mos kelishi;
buyurtmachining xodimlari tizimdan foydalanish hamda unga xizmat ko‘rsatishga to‘liq tayyorligi;
foydalanish hujjatlarining to‘liqligi va tushunarliligi buyurtmachi tomonidan tekshirib, qabul qilinadi.
Dastlabki tekshirishlardan o‘tkazish, tizimdan sinov tariqasida foydalanish va qabul qilish sinovidan o‘tkazish ishlarining har biri bo‘yicha, zaruratga ko‘ra tegishli bayonnoma rasmiylashtirilishi va tomonlarga bir nusxadan taqdim etilishi mumkin.
Axborot tizimining foydalanishga topshirilganligi va qabul qilib olinganligi, shartnomaga asosan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Ushbu ish doirasida yaratilgan barcha dasturiy mahsulotlar buyurtmachiga ham tayyor modullar shaklida, ham manba kodlari elektron shaklda taqdim etilishi lozim.
6.2. Tekshirish va sinovlardan o‘tkazish shartlari
Dastlabki tekshirish va sinov tariqasida foydalanish natijalariga ko‘ra, axborot tiziminini qabul qilish sinovlaridan o‘tkazish vaqti, joyi hamda unda qatnashuvchilarning tarkibi buyurtmachi tomonidan belgilanib, ishlab chiqaruvchi bilan kelishilishi lozim.
O‘z DSt 1987:2018 davlat standarti talablariga ko‘ra, tizimni tekshirish va sinovdan o‘tkazish ishlari buyurtmachining obyektlarida olib borilishi lozim. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, tizimni tekshirish va sinovdan o‘tkazish ishlari ishlab chiqaruvchining hududi va texnik vositalarida o‘tkazilishi ham mumkin.
Buyurtmachining texnik vositalari tizimni joriy qilish uchun tayyor bo‘lmagan holatlarda, tizim buyurtmachi tomonidan tashkil etiladigan sinovdan o‘tkazish stendida yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan vaqtincha ajratiladigan texnik vositalarda o‘tkazilishi mumkin. Sinov stendi bir dona server, ikki dona ishchi stansiya va lokal kompyuter tarmog‘idan iborat bo‘lishi yetarli hisoblanadi.
Foydalaniladigan dasturiy vositalar uchun buyurtmachida litsenziyalar mavjud bo‘lmagan hollarda, buyurtmachi dasturiy vositalarning litsenziyasiz, vaqtinchalik sinov tariqasida ishlatish mumkin bo‘lgan versiyalaridan foydalanishi mumkin. Bunday hollarda, tizimni foydalanishga qabul qilib olish muddatlarini belgilash vaqtida dasturiy vositalarning litsenziyasiz foydalanish mumkin bo‘lgan muddatlari buyurtmachi tomonidan hisobga olinishi lozim.
Tizimni sinovdan o‘tkazish va qabul qilish ishlari yuqoridagi talablar asosida o‘tkazilganda, ular obyektiv va yetarli deb hisoblanadi.
6.3. Qabul qilish komissiyasining tuzilishi tartibi, tarkibi va statusi
Axborot tizimini foydalanishga qabul qilib olish uchun, zaruratga ko‘ra, buyurtmachi maxsus qabul qilish komissiyasi tuzishi, uning rahbari va a’zolarini tayinlashi hamda axborot tizimini ishlab chiqaruvchining vakillari ishtirokida foydalanishga qabul qilib olish mumkin.
Axborot tizimidan foydalanuvchi obyektning rahbari, qabul qilish komissiyasining rahbari bo‘lishi yoki komissiya tarkibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Qabul qilish komissiyasi tuzilganda, uning tarkibida buyurtmachi va ishlab chiqaruvchining kamida bittadan vakillari bo‘lishi shart.
Qabul qilish komissiyasining statusi – idoraviy.
Qabul qilish komissiyasi o‘z faoliyatining yakuniga ko‘ra tizimni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma tuzib, uni tasdiqlash uchun buyurtmachiga taqdim etadi. Tizimni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma qabul qilish komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim. Ushbu dalolatnoma ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi.
7. Tizimni ishga tushirishda tayyorlash bo‘yicha ishlarning tarkibi va mazmuniga qo‘yiladigan talablar
Obyektni tayyorlash ishlari tizimni foydalanishga topshirishdan oldin yoki topshirish jarayonida amalga oshiriladi. Tizimni foydalanishga topshirishda quyidagilarning bajarilishi buyurtmachi tomonidan ta’minlanishi lozim:
Tizimni joriy etish va sinovdan o‘tkazish uchun mas’ul bo‘linma va mansabdor shaxslarni tayinlash;
Ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘tkaziladigan o‘quvlarda tizimdan foydalanuvchi hamda unga xizmat ko‘rsatuvchi barcha xodimlarning ishtirok etishini ta’minlash;
Tizim joriy etiladigan va undan foydalaniladigan bino va inshootlardagi ish sharoitlarini mazkur texnik topshiriqda belgilangan shartlar asosida tayyorlash;
Tizimni joriy etish uchun lozim bo‘lgan texnik va dasturiy vositalarning to‘liqligi, tizimni o‘rnatish uchun tayyorligi hamda ishchi holatda bo‘lishini ta’minlash;
Tizimni sinovdan o‘tkazish va qabul qilib olish.
Obyektni tayyorlash va tizimni foydalanishga topshirish ishlarining muddatlari, ishtirokchilari va bajariladigan ishlarning tarkibi tizimning foydalanishga topshirish uchun tayyorlik darajasi va ehtiyojdan kelib chiqib, ish jarayonida belgilanadi.
Texnik va dasturiy vositalarni o‘rnatish, sozlash hamda foydalanishga tayyor holga keltirish ishlari buyurtmachi tomonidan amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha mavjud talablar va qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim.
Buyurtmachining xodimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitiladi:
tizimga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar (administratorlar);
Inspektorlar - tizimdan foydalanuvchi xodimlar.
Tizimga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar uchun o‘quvlar ishlab chiqaruvchi tomonidan, tizimdan foydalanuvchi xodimlar uchun o‘quvlar esa buyurtmachining mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi. Zaruratga ko‘ra, tomonlarning kelishuvchiga muvofiq, tizimdan foydalanuvchi xodimlarni dastlabki o‘qitish ishlari ham ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
8. Hujjatlashtirishga qo‘yiladigan talablar
Tizim bilan birgalikda taqdim etiladigan foydalanish hujjatlari, buyurtmachining axborot tizimidan mustaqil ravishda foydalanishi va unga xizmat ko‘rsatishi uchun to‘liq va yetarli darajada bo‘lishi lozim.
Tizimni ishlab chiquvchi (Bajaruvchi) O‘zDSt 1985:2018 davlat standartiga asosan tizimning barcha tegishli xujjatlarini ishlab chiqishi va Buyurtmachiga taqdim etishi lozim.
Foydalanish hujjatlarining elektron yoki qog‘oz shaklida bo‘lishi hamda necha nusxada taqdim etilishi tizimni ishlab chiqish bo‘yicha shartnomada ko‘zda tutiladi.
Hujjatlar ro‘yxati Buyurtmachi va Ijrochi kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
Barcha hujjatlar Buyurtmachiga qog‘oz va elektron shaklda 2 nusxada taqdim etilishi kerak. Elektron hujjatlar doc, docx, pptx va xlsx formatlarda taqdim etilishi kerak.
|
| |