|
Muammo tahlili va yechim Muammolarni hal qilishning umumiy yondashuvlari? Qaror qabul qilish ahamiyati
|
bet | 4/20 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 46,92 Kb. | | #267262 |
Bog'liq Abdullayev HusanMuammo diagnostikasi
Muammo diagnostikasining ikki xil usuli mavjud. Muammo deb kutilgan natijaga erishilmaganda yoki kutilgan natijadan yaxshiroq natijaga erishish mumkin bo‘lgan holatlar tushiniladi.
Chegaralangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha yechimni yaratish. Boshliq muammoni hal qilish bo‘yicha qaror qabul qilayotganda eng qulay variantlarni ko‘rib chiqadi. Amaliyotda doim ham muammoni hal qilishga qaratilgan yechim o‘z natijasini ko‘rsatavermaydi. Bunga sabab korxonaning resurslari yetishmasligi yoki korxonadan tashqarida bo‘lgan faktorlarning ta’siri bo‘ladi.
Alternativ yechimlarni toppish. Alternativ yechimlarni qidirish muammo yechimini topishda eng tez natija beruvchi hisoblanadi. Lekin amaliyotda boshliq hamma alternativlarni ko‘rib chiqishga vaqti yetmasligi mumkin. Bu alternativalar juda ko‘p bo‘lsa turli chalkashliklarni olib kelishi mumkin. Shu sababli amaliyotda boshliqlar faqat bir nechta yechimlarni ko‘rib chiqishadi.
Alternativ yechimlarni baholash. Bunday yechimlarni baholash uchun eng birinchi navbatda barcha alternativ fikrlarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Odatda alternativ yechimni qo‘llashda ma’lum bir yo‘qotishlarga duch kelish mumkin. Yoki boshqacha qilib kompromiss topishga inyilish kerak
Qarorni amalga oshirish. Hech qachon hech qaysi tashkilotning rivojlanishida qaror qabul qilmasdan bo‘lmaydi. Muammoning eng maqbul yechimi topilganda ham shu muammo yechimi bilan qaror qabul qilinmasa hech qanday natijaga erishib bo‘lmaydi.
Qayta aloqa. Bu bosqichda tanlangan alternativaning qay darajada muammo yechimiga ta’siri ko‘rib boriladi. Boshqacha qilib bu bosqichda yechimni qo‘llaguncha va qo‘llash vaqtidagi holatlar va natijalar o‘rganilib chiqiladi. Agar bu natijalar qoniqarli bo‘lmasa yana boshidan alternativ yechimlar qabul qilish jarayonidan boshlash kerak bo‘ladi.
6. Muammolarni identifikatsiyalash?
Muammoni aniqlash. «Muammoni yaxshi tushunsa, yechimi o‘zi keladi » degan asrlar davomidagi gap bor. Boshqacha qilib aytganda, masalani yechishdan oldin uni aniqlash va identifikatsiyalashni unitmang. Muammolar kompleksli bo‘lsa ham, uni identifikatsiyalash oson bo‘lishi uchun potensial muammolarni uch guruxga bo‘lish mumkin: insonlar muammosi, tashkiliy muammolar va mexanik (texnik) muammolar.
"Muammolarni identifikatsiyalash" ifodasi odatda ma'lum bir muammo yoki vaziyatni aniqlash uchun ishlatiladi. Identifikatsiya, boshqa narsalar orasida biror narsani aniqlash va tanlash jarayoni bo'lib, bu so'z "muammoni identifikatsiyalash" kontekstida biror ma'lumot yoki narsani aniqlash uchun ishlatilgan.
|
| |