Muammoli ta’lim o’qitishning eng samarali usulidir
Sojida Muxammadovna Raxmonova
raxmonovasojida9@gmail.com
Buxoro davlat universiteti
Maxbuba O’tkirovna Abduraxmonova
Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti
Annotatsiya:
Maqolada
bugungi zamonaviy sharoitda muammoli ta’lim
texnologiyalarini qo‘llanilishning ahamiyati va shu bilan birga talabaning mustaqil,
tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, faol mustaqil faoliyati natijasida
bilim, ko‘nikma va malakalarni ijodiy o‘zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirish,
muammoli vaziyat, muammoli
faoliyati xususiyatlari
haqida umumiy ma’lumot
berilgan.
Kalit so‘zlar:
mantiqiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, salohiyat, innovatsion-
kompetentli, ilmiy-tadqiqot, ijtimoiy, konstruktiv, badiiy ifodaviy,
muammoli vaziyat,
mantiq,
ziddiyat, to‘siq, faoliyat uyg‘unligi, kompleks yondashuv, intellektual faollik
Problem-based learning is the most effective method of
teaching
Sojida Mukhammadovna Rakhmonova
rakhmonovasojida9@gmail.com
Bukhara State University
Makhbuba Utkirovna Abdurakhmanova
Turkestan New Innovation University
Abstract:
The article discusses the importance of using problem-based
educational technologies in today's modern conditions and, at the same time, the
development of the student's ability to think independently, critically and creatively,
the creative assimilation of knowledge, skills and abilities as a result of active
independent activity, and the development of mental activity, problem-solving general
information about the situation, the characteristics of problematic activities is given.
Keywords:
logical thinking, critical thinking, potential, innovative-competent,
scientific-research, social, constructive, artistic expression, problem situation, logic,
conflict, obstacle, harmony of activity, complex approach, intellectual activity
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
June 2023 / Volume 4 Issue 6
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
691
Bugungi kunda respublikamizning jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar
qatoridan munosib o‘rin egallashi uchun yoshlarning dunyoqarashini o‘zgartirish,
ularni bilimli va salohiyatli, zamonaviy ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob
beradigan, mustahkam irodali etib shakllantirishni talab qiladi.
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi ta’lim jamiyat oldiga immuniteti
mustahkam, jahon andazalariga javob beradigan, innovatsion-kompetentli, maxsus
qobiliyatli, maqsadli yoshlarni tarbiyalashni vazifa qilib qo‘ydi. Ana shu vazifalarni
hal etishda aynan muammoli ta'lim texnologiyasi yetakchi o‘rinni egallaydi.
Muammoli ta’lim - bu mantiqiy fikrlash operatsiyasidir. Talabalarda ijodiy
izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish,
natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishga xizmat qiladigan ta’limdir. Muammoli ta’lim – didaktikaga tayangan
holda talabaning ilmiy bilim va tushunchalarini, dunyoqarashini shakllantirish, uning
intellektual faolligini har tomonlama takomillashtirish, talabaning fikrlash qobiliyatini
rivojlanishini va uning e’tiqodini shakllanishini ta’minlaydigan yangi tizimidir.
Muammoli ta’limning ilk g‘oyalari amerikalik psixolog va pedagog Dj.Dyui
(1859-1952) tomonidan asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi.
A.M.Matoshkin, M.I.Maxmutov, I.Ya.Lernerlar muammoli o‘qitish
qonuniyatlarini chuqur o‘rgandilar.
Dj.Dyui muammoli ta’lim asosi sifatida quyidagi yo‘nalishlarni belgilaydi.
1)
ijtimoiy;
2)
konstruktiv;
3)
badiiy ifodaviy;
4)
ilmiy-tadqiqot.
Muammoli ta’lim o‘qitishning eng samarali usulidir. Bugungi kunda, muammoli
o‘qitish faoliyat jarayonida pedagog rahbarligida yaratiladigan muammoli vaziyatlar
va ularni yechimlariga qaratilgan talabaning faol mustaqil faoliyatidir. Pedagog
muammoli vaziyat yaratadi, talabani uni yechishga yo‘naltiradi, bir nechta yechimni
izlashni tashkil etadi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘ladilar hamda intellektual fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Bu ta’limni tashkil etish amaliyotda samarali qo‘llay olish, boshqarish
pedagogdan kuchli pedagogik mahoratni talab etadi. Chunki muammoli vaziyatning
paydo bo‘lishi individual holat bo‘lib, individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli ta’limning asosini Muammo (yunoncha “to‘siq”, “qiyinchilik”)
yoki Muammoli vaziyatlar tashkil etadi. Aksariyat muammo va muammoli
vaziyatlarga bir xilda qaraymiz. Aslida esa ular bir-biridan farq qiladi.
Muammoli vaziyatlar - talabalarning ma’lum bir topshiriqlarni bajarishi
jarayonida muammolarga duch kelishi, yuzaga kelgan ziddiyatni, to‘siqni anglashi,
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
June 2023 / Volume 4 Issue 6
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
692
bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy holat bo‘lib, u hal etilayotgan masala va
unga oid yangi
bilimlarni izlashni taqazo etadi.
Muammoli vaziyatlarni hal etishning ma’lum bir bosqichlari mavjud.
Muammoli vaziyatlarni hal etish muammoli ta’lim jarayonida sodir bo‘ladi.
Muammoli ta’lim jarayonini tashkil etishda pedagog to‘g‘ri metodlar tanlashiga e’tibor
qaratishi lozim va bu qo‘llaniladigan metodlar muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog
muammoli jarayonlarni muvaffaqiyatli tashkil etishda kompleks yondoshishi lozimdir.
Muammoli ta’limning muvaffaqiyati asosan quyidagi omillarga bog‘liq:
- o‘quv materialini muammolashtirish
- talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish
- ta’lim jarayonini o‘yin, mehnat faoliyati bilan uyg‘unlashtirish
- pedagog tomonidan muammoli metodlardan o‘z o‘rnida samarali foydalanish
ko‘nikmasiga ega bo'lish
- muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va
mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish.
Muammoli ta’lim jarayonida yuqorida keltirilgan omillarga e’tibor qaratiladigan
bo‘lsa, bu talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllanishida, talabalarning
tushunchalar tizimini o‘zlashtirishga oid faol intellektual fikrlash faoliyatida, uning
his-tuyg‘usi va emotsiyasiga ta’sir etib, uning bilimini e’tiqodga aylanishiga sabab
bo‘ladi. Dunyoqarashni shakllantirish shaxsning intellektual faolligini
shakllantirishdir.
Xulosa qilib aytganda bugungi zamonaviy sharoitda muammoli ta’lim
texnologiyalarini qo‘llanilishi ta’lim jarayonini samarali kechishini ta’minlaydi va shu
bilan birga talabaning mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko‘nikma va malakalarni ijodiy
o‘zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirish imkonini beradi. Shuningdek, muammoli
ta’limning ya’ni muammoli o‘qitishning mohiyatini anglagan holda pedagog
tomonidan talabalarning o‘quv jarayonlari tashkil etilsa, muammolarini, to‘siqlarni va
vaziyatlarni hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ularning bilish
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
June 2023 / Volume 4 Issue 6
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
693
faoliyatini boshqarishni tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o‘zlashtirishning ilmiy-tadqiqot
usulini yuzaga keltiradi.
Pedagog tomonidan muammoli ta’lim texnologiyalarini o‘qitish jarayonida
maqsadli, samarali qo‘llash ta’lim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishga
asos bo‘ladi.
|