• Kalit so’zlar
  • Muammoli ta’lim texnologiyalarining ahamiyati a. Qayumov. Pedagogika ta’limi nazariyasi kafedrasi katta o`qituvchisi




    Download 122.58 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana28.03.2024
    Hajmi122.58 Kb.
    #179731
    Bog'liq
    4296-Текст статьи-10543-1-10-20211209
    vazifa 6, 5-11-INFORMATIKA IQTIDORLI O\'QUVCHILAR, 5 та ташаббус бўйича мусиқадан 16


    MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI 
     
    A. Qayumov. Pedagogika ta’limi nazariyasi kafedrasi katta o`qituvchisi 
    A. Abdullayev. “Pedagogika ta’limi nazariyasi va tarixi” mutaxassisligi
    magistranti 
     
     
    Annotatsiya: Xozirgi ta’lim tizimida samarali o`qitish texnologiyalaridan 
    biri – bu muammoli o`qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va 
    tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o`qitish ijodiy faol 
    shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Pedagogik adabiyotlarda muammoli 
    o`qitishning turli ta’rif va tavsiflari bor. Muammoli o`qitishning mohiyati 
    muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni mustaqil 
    o`zlashtirishdan iborat. 
    Kalit so’zlar:muammoli ta’lim, muammoli vaziyat, samarali texnologiya, 
    o’qitish. 
    Xozirgi ta’lim tizimida samarali o`qitish texnologiyalaridan biri – bu 
    muammoli o`qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda 
    ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o`qitish ijodiy faol shaxs 
    tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Pedagogik adabiyotlarda muammoli 
    o`qitishning turli ta’rif va tavsiflari bor. Muammoli o`qitishning mohiyati 
    muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni mustaqil 
    o`zlashtirishdan iborat. 
    Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq 
    tashkil etiladigan o`ziga xos o`qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, 
    o`rganilgan mavzular hususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni 
    yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o`qitishda 
    muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo`lidagi kutilmagan to`siq» bilan bog`langan 
    aqliy mashaqqat xolati emas. U bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy 
    taranglik xolatidir. Bunday vaziyat negizida avval o`zlashtirilgan bilimlar va yangi 
    yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. 
    Yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog`lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli 
    bo`lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi. Muammoli vaziyat 
    xar qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab 
    qilgan ob’ekt (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo`lgan 
    vazifa, masala bo`yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi. 
    Shunday qilib, muammoli vaziyat mohiyati shuki, u talaba tanish bo`lgan 
    ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish 
    uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o`rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni 
    ijodiy o`zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir. 
    Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar: 
    • 
    talabaga notanish faktning mavjud bo`lishi; 
    • vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko`rsatmalar, yuzaga 
    kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi. 


    Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammoni, ya’ni nima 
    noma’lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog`langan. 
    Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma’lum (berilgan vazifa asosida), 
    noma’lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi 
    bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma’lumni topishga yo`nalgan qidiruv ishlarini 
    amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma’lum bo`lgan . 
    O`quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari 
    hamda natijasi ham noma’lum bo`ladi, lekin talabalar o`zlaridagi avval egallangan 
    bilim va ko`nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki yechilish yo`lini 
    izlashga tushadi. 
    Shunday qilib, talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil hal qilinish usuli 
    o`quv muammosi bo`la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning yechilish usullarini 
    va uni izlash vositalarini bilishmasa ham o`quv muammosi bo`la olmaydi. 
    O`quv muammosining muhim belgilari quyidagilar: yangi bilimlarni 
    shakllantirishga olib keladigan noma’lumning qo`yilishi; talabalarda noma’lumni 
    topish yo`lida izlanishni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan muayyan bilim 
    zaxirasining bo`lishi. 
    O`quv muammosini yechish jarayonida talabalar aqliy faoliyatining muhim 
    bosqichi uning yechilish usulini o`ylab topish yoki gipoteza qo`yish hamda 
    gipotezani asoslashdir. 
    O`quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi va 
    bunda xar bir savol uning hal qilinishida bir bosqich bo`lib xizmat qiladi. 
    Muammoli o`qitishning zaruriy sharti talabalarda haqiqatni va uning 
    natijasini izlash jarayoniga bo`lgan ijobiy munosabatni vujudga keltirishdir. 
    Muammoli o`qitish mashg`ulotlarini tashkil etish va o`tkazishning muhim 
    tomoni shundaki, bunda o`qituvchi uning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy 
    funksiyasini yaxshi anglab olgan bo`lishi talab qilinadi. O`qituvchi hech qachon 
    talabalarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni 
    olishga turtki berishi, mashg`ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo`lgan 
    axborot, voqea, vaqt va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi 
    lozim bo`ladi. 
    Muammoli o`qitishni chuqur o`rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan 
    bo`lib, uning asosida “Tafakkur - muammoli vaziyatdan boshlanadi” - degan 
    g`oya yotadi. 
    Muammoli 
    vaziyatda bilish faoliyatining ketma-ketligi
    quyidagicha bo`ladi: 
    • 
    muammoli vaziyat; 
    • 
    muammoni yechish yo`llarini izlash; 
    • 
    muammoning yechimi; 
    Axborot texnologiyalari yoki postindustrial deb atalayotgan bugungi 
    jamiyatda hayot shaxsdan faol harakat qilishni, mustaqil qaror qabul qilishni, 
    hayotning o`zgarayotgan sharoitlariga moslashishni talab qiladi. O`z navbatida 
    hayotning bunday tarzi shaxs ma’lum sifatlarga ega bo`lishini talab qiladi. 
    Xususan: 
    • 
    zarur bilimlarni mustaqil egallashni, egallangan bilimlarni turli 


    muammolarni yechishda mahorat bilan qo`llashni; 
    • axborotlar bilan savodli ishlashni (ma’lum masalani tadqiq qilish uchun 
    zarur faktlarni yig`ishni bilish, ularni tahlil qilish, muammolarni yechishga 
    qaratilgan gipotezalarni taklif qilish, qonuniyatlarni aniqlash, yangi muammolarni 
    aniqlash va yechish); 
    • olingan bilimlarning qayerda va qanday qo`llanishi mumkinligini aniq 
    bilish va bu bilimlarni qo`llash sohasini anglay olish; 
    • mustaqil tanqidiy fikrlash, real dunyoda paydo bo`layotgan 
    qiyinchiliklarni ko`ra bilish va ularni bartaraf etishning optimal yo`llarini izlash; 
    • 
    ijodiy fikrlash, yangi g`oyalar yaratish qobiliyatiga ega bo`lish; 
    • turli ijtimoiy guruhlarda kirishimli bo`lish, birgalikda ishlashni bilish yoki 
    nostandart vaziyatlardan chiqishni bilish; 
    • o`zining ma’naviyati, intellekti va madaniy salohiyati ustida mustaqil 
    ishlash. 
    Yuqorida aytilgan sifatlarga ega shaxsni shakllantirishga nafaqat ta’lim 
    mazmuni, balki qo`llanilayotgan o`qitish texnologiyalari ham muhim rol o`ynaydi. 
    O`quv jarayoni o`qish va bilish faoliyatiga o`zgartirishning imkoniyatlaridan biri 
    muammoli o`qitish texnologiyasini tatbiq etish. Chunki muammoli o`qitish 
    jarayonida o`qituvchilar ham, o`quvchilar ham o`zlarining intellektual, jismoniy, 
    ma’naviy imkoniyatlarini o`quv va amaliy muammolarni yechish uchun doim 
    sinovdan o`tkazadilar. Bu jarayonda hosil bo`lgan ko`nikma va malakalar axborot 
    jamiyati sharoitlarida yashash uchun zarur sifatlarni shakllantirishga olib keladi. 
    An’anaviy ta’lim tizimida o`qituvchi va darslik bilimning asosiy manbasi 
    bo`lsa, muammoli o`qitishning falsafasi va metodologiyasi o`qituvchining rolini 
    o`quvchilarning izlanish-tadqiqotchilik faoliyatining tashkilotchisi, mutasaddi 
    maslahatchi va yordamchi sifatida ko`radi. Bu rol an’anaviy o`qitishdagi roldan 
    ancha murakkabroq va o`qituvchidan yuqoriroq mahorat talab qiladi. 
    Muammoli o`qitishning asosida amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog 
    Dj. D’yui (1859-1952) g`oyalari yotadi. U 1894 yilda Chikago shahrida o`qitish 
    asosini o`quv rejasi emas, balki o`yinlar va mehnat faoliyati tashkil etgan tajriba 
    maktabini tashkil qilgan. O`qish, hisoblash, yozish bo`yicha mashg`ulotlar 
    bolalarning fiziologik balog`atiga qarab o`z- o`zidan paydo bo`lgan ehtiyojlariga 
    muvofiq o`tkazilgan. Dj. D`yui o`qish uchun to`rt ehtiyojni ajratgan: ijtimoiy, 
    konstruktsiyalash, badiiy ifoda, tadqiqiy. Bilish manbalari sifatida bolalarga 
    quyidagilar taqdim etilgan: so`z, san’at asarlari, texnik qurilmalari. Bolalar o`yin 
    va amaliy faoliyat- mehnatga jalb etilganlar. Bu maktabda qo`llangan o`qitishning 
    yangi uslublari, yo`llari va tamoyillari nazariy asoslanmagan va kontseptsiya 
    sifatida ifodalanmagan edi. 
    Dj. D`yui g`oyalari bo`yicha bola bilishda insoniyat yo`lini qaytaradi, 
    bilimlarni o`zlashtirish spontan, boshqarilmaydigan jarayon bo`lib, bola o`zida 
    hosil bo`lgan ehtiyojni qondirishi natijasi sifatida materialni o`zlashtiradi. Dj. 
    D`yuining 
    fikricha 
    o`qitish 
    samaradorligi 
    shartlari 
    o`quv 
    materialini 
    muammolashtirish bola faolligi bilan bog`liq bo`lishi kerak. 
    Muammoli o`qitishni chuqur o`rganish XX asrning 60 yillarida boshlangan. 
    Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o`qitish g`oyasi va prinsiplari 


    S.L. Rubinshteyn, M.I. Maxmutov, V. Okon, I.Ya. Lerner kabi psixolog olimlar 
    tomonidan ishlab chiqilgan. 
    S.L. Rubinshteynning «Tafakkur muammoli vaziyatdan boshlanadi» degan 
    g`oyasi muammoli o`qitishning psixologik asosi sifatida qabul qilingan. 70-80 
    yillarda an’anaviy o`qitish shakllari samaradorligi pasayib ketganligi qayd 
    etilganda, etakchi pedagoglar muammoli o`qitish nazariyasiga e’tibor qarata 
    boshladilar. Chunki an’anaviy o`qitish shaklida asosiy diqqat o`qituvchi faoliyatiga 
    qaratilgan bo`lsa, muammoli o`qitish kontsepsiyasida asosiy urg`u o`quvchilar 
    tomoniga ko`chadi. Muammoli o`qitish tamoyili bo`yicha bilim o`quvchilarga 
    tayyor shaklda uzatilmaydi, balki ilmiy-tadqiqot jarayoniga o`xshatib, o`quv 
    faoliyati jarayonida o`quvchilar tomonidan egallanadi. 
    Hozirgi kunda bu sohadagi izlanishlar dunyoning turli mamlakatlarida 
    davom ettirilmoqda, umuta’lim fanlari bo`yicha, ham oliy ta’lim fanlari bo`yicha 
    ham 
    muammoli 
    o`qitish 
    texnologiyalarining 
    majmuaviy ishlanmalari 
    yaratilmoqda. Muammoli
    o`qitish 
    – 
    o`quvchining muammoli taqdim 
    etilgan 
    ta`lim mazmuni bilan faol o`zaro bog`lanishini tashkil etadi. Bu 
    jarayonda o`quvchi ilmiy bilimning ob’ektiv zidliklari va ularning yechimlariga 
    yaqinlashadi, fikrlash, bilimlarni ijodiy o`zlashtirishga o`rganadi. 
    Fanda muammoli o`qitish bilan aloqador ikkita tushuncha ishlatiladi: 
    "muammo" va "muammoli vaziyat" tushunchalari. Ayrim hollarda ular sinonimdek 
    tushunilsada, lekin bu atamalar bilan belgilangan ob’ektlar o`z hajmi bilan 
    farqlanadi. Muammo muammoli masalalar ketma-ketligiga ajraladi. Demak, 
    muammoli masalani muammoning oddiy, hususiy bir masaladan iborat holati 
    sifatida ko`rish mumkin. 
    Muammoli o`qitish ijodiy faoliyatni hamda unga ehtiyojni shakllantirish va 
    rivojlantirishga qaratilgan bo`lib, bu jarayonda o`quvchilar ijodiy fikrlashining 
    rivojlanishi an’anaviy o`qitishdagiga nisbatan jadalroq bo`ladi. Lekin muammoli 
    o`qitishning bu funksiyasi oshishi uchun o`quv jarayoniga muammolarning 
    tasodifiy majmuasini kiritish yetarli emas. Muammolar tizimi bilimning mazkur 
    sohasiga xos muammolarning asosiy turlarini qamrab olishi kerak. 
    Muammoli o`qitishni ta`lim jarayoniga tatbiq etishda o`qituvchi ilmiy va 
    o`quv muammolar orasidagi umumiylikni va farqni ajratishi lozim. Ularning 
    umumiyligi – har ikkalasida ham ob’ektiv zidliklar mavjudligi bo`lsa, ilmiy va 
    o`quv muammolarini farqi shuki, ilmiy muammoda qo`yilgan masala hali 
    yechilmagan, o`quv muammoda esa masala yechilgan, uni yechish yo`li va natijasi 
    ma’lum. Faqat bu yo`llar va natijalarni o`quvchilar izlab topishi kerak. Muammoli 
    o`qitishning yakuniy maqsadi – o`quvchilarni muammolarni ko`rish va yechishga 
    o`rgatishdan iborat bo`lib, bu faqat fikrlash faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. 
    S.L. Rubinshteyn «tafakkur – inson oldida turgan masala va muammolarni 
    yechishga olib keladigan idrok bo`lib, tafakkur muammoli vaziyatdan kelib chiqadi 
    va muammoni yechishga qaratilgan bo`ladi»-deb ta’kidlaydi. 
    Bundan quyidagi mantiq hosil bo`ladi. Shaxsning ijodiy, mustaqil, 
    fikrlovchi bo`lishi jamiyat uchun zarur bo`lib, fikrlash jarayoni muammoli 
    vaziyatdan boshlanadi. Muammoli vaziyat – psixik qiyinchilik, ziddiyatli vaziyati 
    bo`lib, o`quvchilarni muammoli vaziyat holatiga tushirish orqali ularda fikrlash 


    qobiliyati rivojlantiriladi. Muammoli o`qitish usullariga quyidagilar kiradi: 
    tadqiqiy usul, evristik usul, muammoli vaziyatlar yaratish usuli. 
    O`qitishning tadqiqiy usullarini qo`llaganda o`quvchilarga: 
    • 
    nostandart masalalarni tuzish bo`yicha; 
    • 
    shakllantirilmagan savol bilan; 
    • 
    ortiqcha ma`lumotlar bilan; 
    • 
    o`zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish; 
    • 
    yo`riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon 
    etish; 
    • 
    olingan natijalarni qo`llash chegaralarini aniqlash; 
    • 
    olingan natijalarni qo`llash darajasini aniqlash; 
    • 
    hodisaning namoyon bo`lish mexanizmini aniqlash; 
    • 
    «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin. 
    Evristika 
    (yunoncha heurisko – izlayapman, topyapman, kashf 
    etyapman) 
    inson ijodiy faoliyatini, shuningdek yangi kashfiyotlarni yaratishda qo`llanadigan 
    usullarni o`rganadigan fan sifatida psixologiya, kibernetika, strukturali lingvistika, 
    axborot nazariyasi chegarasida rivojlanadi. Evristika yangi vaziyatda yangi 
    harakatlarni qurish qonuniyatlarini o`rganadigan fan deb tushunish mumkin. 
    Evristik usullar, masalan, dastlabki ma`lumotlar to`la yoki ishonchli 
    bo`lmagan holda hosil bo`lgan ijodiy masalaning ishga yaroqli lekin doim ham 
    optimal bo`lmagan yechimini topish ehtimolini oshiradi. Evristik uslublar juda 
    murakkab, ko`zda tutilmagan vaziyatlarda ham yechimini topish imkonini beradi. 
    Evristika maqsadga erishishga ko`maklashadigan harakatlar uslubini belgilaydi. 
    Tafakkur- inson ongining bilish ob`ektlari hisoblanmish narsa va hodisalar 
    o`rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bo`lishini ta`minlovchi 
    umumlashgan va mavhumlashgan aks ettirish jarayonidir. 
    Dunyoni tushunish, anglash va unga ongli munosabat bildirish jarayoni 
    tafakkur, fikrlash deyiladi. Tafakkurning oliyligi shundaki, u idrokdan farqli 
    ravishda bevosita aks ettirish bo`lmay, narsalar va ularning xossalarini, voqealarni 
    ular yo`q paytda ham aks ettirishga imkon beradi. Masalan: Amir Temur davlati 
    haqida so`z ketganda o`quvchi Amir Temur haqidagi kinofilmni ko`rmagan bo`lsa 
    ham, markazlashgan davlat hususiyatlarini bilgani uchun ushbu axborotni 
    tushunib, uni qabul qiladi. Buning asosida tafakkur jarayoni yotadi. 
    Tafakkurni ta’minlovchi inson organi - bu bizning miyamiz bo`lib, eng 
    elementar harakatlarni rejalashtirishdan tortib, murakkab, mavhum teoremalarni 
    isbot qilishgacha qaratilgan operatsiyalar miyada sodir bo`ladi. Inson miyasining 
    fikrlash qobiliyati va imkoniyatlari shunchalik salmoqliki, ayrim olimlarning 
    fikricha uning ishlash imkoniyatlarini tasavvur qilishning o`zi mushkil. 
    Miyaga kelgan barcha o`y-xayollar-bu fikrlardir. Normal o`quvchini, insonni 
    fikrsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Har on, har daqiqada odam miyasi qaydaydir 
    fikrlar bilan band bo`ladi. Ularni tartibga solish, keragida diqqatni jalb qilish, ichki 
    yoki tashqi nutq vositasida uni yechish ya’ni ifodalash-fikrlash jarayonidir. 
    Fikrlash jarayoni aslida ma’lum bir masalani, muammo yoki jumboqni hal 
    qilish kerak bo`lganda paydo bo`ladi. Fikrlash doimo bir narsa xususida kamida 


    bitta yechimni berishi shart, aks holda u boshqa jarayonga-hayol, fantaziyaga 
    aylanib ketishi mumkin. Xayol-yangi obrazlar va taxminlarni shakllanish jarayoni 
    bo`lsa, fantaziya – xayolni borliqdan, haqiqatdan biroz uzoqlashuvi jarayonidir. 
    Shunday qilib, muammo yoki jumboq bizni fikrlashga majbur etadi. 
    Psixologlarning fikricha, har qanday masalani yoki muammoni yechish mobaynida 
    o`quvchi uning shartlarini bir necha variantda tasavvur qilsagina yechimga kelar 
    ekan. Chunki kimdir juda tez fikrlaydi, kimdir sekin fikrlaydi. Shuning uchun ham 
    test yechish jarayonida yonma-yon o`tirgan ikki o`quvchi bir xil yechishni 
    belgilasada, o`sha yechishga kelishi yo`llari har bir o`quvchida o`ziga xos bo`ladi. 
    Mustaqil fikrlash- shaxsning shunday qobiliyatiki, u tufayli odam narsa va 
    hodisalar xususida o`z qarashi va nostandart yechishlarga ega bo`ladi. Masalan: 
    aniq predmet ruchkani nima ekanligini va nima maqsadda undan foydalanish 
    mumkinligini ko`pchilik biladi. Bu-yozuv quroli. Lekin, mustaqil nostandart 
    tafakkurga erk berilsa, uning ko`rsatkich sifati, yoki sanoq tayoqchasi sifati, yoki 
    g`altakka o`xshatib ip o`rash mumkinligi kabi o`nlab funktsiyalarini sanab berish 
    mumkin. Demak, mustaqil fikr insonning narsa va hodisalar, jamiyatda ro`y 
    berayotgan voqealarning mohiyati xususida o`z qarashlari bo`lishini taqozo etadi, 
    uning bilish va anglash imkoniyatlarini chegarasini kengaytiradi. 
    Muammoli ta`lim bu-o`quvchiga beriladigan bilimning qaysi qismini, 
    qanday yo`l bilan berish muammosini samarali hal qilishga qaratilgan o`qituvchi 
    faoliyatidir. Muammoli ta`lim darsda bir vaqtning o`zida o`qituvchi va 
    o`quvchilarning hamkorlikdagi harakati bo`lib, u o`quvchi shaxsidagi muhim 
    belgi-ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. N.G.Dayri aytganidek, darsda 
    o`rganiladigan mazmunning murakkab qismini o`zlashtirishda o`qituvchining 
    faoliyati qanday bo`lsa, o`quvchi faoliyatini ham shu darajaga etkazish muammoli 
    ta`limning asosiy maqsadidir. Muammoli ta`lim - o`quvchilarning erkin 
    fikrlashlariga, o`zining fikrini erkin bayon qila olishlariga va fikrlarini yanada 
    rivojlantirishlariga ta`sir etishdir. Bunda o`quvchi diqqat bilan tinglashi, mustaqil 
    va yolg`iz fikrlashi, jamoa bo`lib fikrlashi, tahlil qilishi, ko`pchilik bo`lib 
    muhokama qilishi va to`plangan fikrni bayon qila olishi kerak. 
    Agar o`qituvchi yangi mavzuni ta’sirli bayon qilib, ko`rgazmalardan unumli 
    foydalansa, bayon nihoyasida ayrim o`quvchilar bilan ish olib borsa, o`quv 
    jarayoni samarali bo`ldi yoki faol bo`ldi, deb hisoblash mumkin. Ammo bu ta’lim 
    usuli an’anaviy ta’lim berishdir. 
    Muammoli ta’lim o`qituvchidan aniq harakat qilishni, darsning har bir 
    minutini hisobga olishni, ushbu vaqtda kerakli samara hosil bo`lishi uchun
    o`zining barcha imkoniyatlarini va mahoratini ishga solishni talab etadi. Bu 
    masalani hal etishning muhim sharti o`qituvchining bo`lajak o`quv mashg`ulotiga 
    tayyorgarligidir. 
    Tayyorgarlik 
    jarayonida 
    muammoli 
    ta’limning 
    barcha 
    ko`rinishlarini hisobga olish va uni uslubini ishlab chiqish zarur. Muammoli 
    ta’limga tayyorgarlik ko`rishda o`qituvchilar qator qiyinchiliklarga duch keladilar. 
    Bu qiyinchiliklarni yengishda o`qituvchini innovatsion ijodiy laboratoriyasining 
    ahamiyati katta. 
    Ana shunday qiyinchiliklardan biri darsni muammoli tashkil qilish va 
    muammoni o`rganish usulini tanlashdadir. Chunki tanlangan usul faqat o`quv 


    materialini o`zlashtirishni ta’minlabgina qolmay, balki o`quvchilar faoliyatida 
    mustaqillikni ham ta’minlashi zarur. 
    Ikkinchi qiyinchilik esa muammoli ta’limni ko`rinishini aniqlashda yuzaga 
    keladi, ya’ni o`qituvchi muammoni yechishga sinfdagi barcha o`quvchilarni jalb 
    qiladimi yoki vazifani ayrim guruh o`quvchilariga bajartiradimi? Bu qiyinchilik 
    o`qituvchida muammoli vaziyat va muammoning bayoni haqidagi tasavvurlarni 
    yetishmasligidan kelib chiqadi. 
    Uchinchi qiyinchilik esa darsda o`quvchilarni qiziqishini uyg`otish va uni 
    uzluksiz rivojlantirib borishida ko`rinadi. Chunki o`quvchilar diqqatini bir nuqtaga 
    muntazam to`plashga o`qituvchining tajribasi va mahorati etmasligi mumkin. 
    Muammoli ta’lim haqidagi to`plangan ma’lumotlarga asoslanib, shuni 
    ta’kidlash lozimki, bu ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan uch ko`rinishga ega. 
    Muammoli vaziyatni vujudga keltirish, muammoning qo`yilishi, muammoning 
    yechishini topish. 
    Muammoli vaziyatni o`quv mashg`ulotlarining barchasida shakllantirish 
    mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko`p shallantirish o`qituvchiga bog`liq. 
    Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki u o`quvchilar diqqatini bir joyga 
    (muammoga) qaratadi va o`quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o`rgatadi. 
    Muammoli vaziyatni yaratganda o`qituvchi o`quvchilar o`z diqqatlarini nimalarga 
    qaratishlari kerakligini aytishi 
    maqsadga 
    muvofiqdir. 
    Masalan: 
    «Chor 
    Rossiyasining Xiva xonligini bosib olishi» mavzusida o`quvchilar diqqatini ikki 
    muammoga qaratish zarur. Buning uchun o`qituvchi : 
    1. Xiva xonligining bo`ysundirilishi Rossiyaga qanday manfaat keltirar edi? 
    degan savolni qo`yib muammoli vaziyatni yaratadi va o`quvchilarning fikrlarini 
    eshitadi. Barcha fikrlarni eshitgach savolga yakuniy xulosani e’lon qilishi kerak. 
    2. Turkmanlarning qo`zg`olonini tahlil qiling. Nima uchun qo`zg`olon 
    yengildi? Bu savol bilan o`qituvchi ikkinchi muammoli vaziyatni vujudga keltirdi. 
    O`quvchilar yechish jarayonida o`qituvchi bilan birga harakat qilib, muammo 
    yuzasidan fikr va mulohazalarini bayon etib, muammoning yechishiga o`z 
    hissalarini qo`shadilar. 
    Muammoni yechish jarayonida o`qituvchi o`quvchilarga eng zarur fikrni 
    aytmaydi, ammo shu fikrni shakllantiruvchi dalillarni, faktlarni keltirib o`tishi 
    kerak bo`ladi. 
    ADABIYOTLAR RO`YXATI 
    1. Zamonaviy 
    dars. 
    Ilmiy-metodik 
    to`plam. 
    A.Avloniy
    nomidagi XTXQTMOMI.- T., 2007 y. 
    2. Yo`ldoshev 
    J.G`., Usmonov S.A. 
    Pedagogik texnologiya asoslari: -
    T.: «O`qituvchi», 2004 y. 
    3. Kolechenko A.E. Ensiklopediya pedagogicheskix texnologiy: Posobiye dlya 
    prepodavateley. – SPb.: KARO, 2002 y. 
    4. Pityukov V.Yu. Osnovы pedagogicheskoy texnologii.- M.: «Gnom-Press», 1999 
    g. 



    Download 122.58 Kb.




    Download 122.58 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muammoli ta’lim texnologiyalarining ahamiyati a. Qayumov. Pedagogika ta’limi nazariyasi kafedrasi katta o`qituvchisi

    Download 122.58 Kb.
    Pdf ko'rish