|
Kabel kanalizasiyasida, kollektorlarda va quvurlarda yotqiziluvchi optik kabellar
|
bet | 16/27 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 2,25 Mb. | | #135293 |
Bog'liq Individual loyiha 1Kabel kanalizasiyasida, kollektorlarda va quvurlarda yotqiziluvchi optik kabellar. Optik kabellarni telefon kabel kanalizasiyasiga yotqizilishida yotqiziluvchi kabel cho’zilishiga, egilishiga va ko’ndalang siqilish ta’siri ostida bo’ladi. Kabelning cho’zilishi asosan optik kabelni yotqiziluvchi quvur devorlariga ishqalanish hisobiga ham hosil bo’ladi. Egilishlar va ko’ndalang ravishda siqilishlar esa optik kabelni kanalizasiyaning to’g’ri va burilgan joylari bo’ylab yotqizilish hisobiga hamda kabelni yotqizish jarayonida yo’naltiruvchi bloklar va roliklarni qo’llash hisobiga hosil bo’ladi.
Optik kabelni ekspluatasiya jarayonida yer osti kabellari singari u issiqlik ta’siri ostida bo’ladi va o’z navbatida ichki kuchlanganlikga olib keladi. Shu bilan birgalikda optik kabelni chiziqli kengayishi hisobiga tashqi kuchlar bir muncha kichik bo’ladi. Chunki yotqiziluvchi kabel quvur ichida bemalol yotadi.
Optik kabelni telefon kabel kanalizasiyasiga, kollektorlarga va quvurlarga yotqizishda optik kabelning tuzilishidagi asosiy tavsilotlardan biri – ruxsat etiladigan cho’zilish kuchlanganligi hisoblanadi. Bundan tashqari optik kabel egilishlarga chidamli bo’lishi kerak, chunki kabel yotqizilishida va montaj jarayonida 20…25 marta o’ralish xususiyatiga ega bo’ladi va nihoyat optik kabel kanalizasiya ichi bo’ylab oquvchi turli xil suvlardan muhofazalangan bo’lishi kerak. 6.5-rasmda bu guruxga ta’luqli bo’lgan optik kabelning konstruktiv tuzilishi ko’rsatilgan.
6.5-rasm. Quvurlarga yotqiziladigan optik kabelning ko’ndalang kesim yuzasi:
1-markaziy kuchlantiruvchi element ; 2- optik tola; 3- optik modul; 4-gidrofob kompaund; 5-tashqi qobiq.
Bunday turdagi optik kabelning konstruktiv tuzilishida optik tolalar polimer naychalar yoki plastmassali oraliqlar orasida bemalol joylashadi. Kabelning germitizasiyasi esa gidrofob kompaundlar yoki boshqa muhofazalovchi qurilmalar yordamida bajarilsa, uning kuchlantiruvchi va maxkamlovchi elementlari yordamida esa lozim bo’ladigan mustahkamlikga va ruxsat etiladigan egilish radusi va cho’zilish bo’yicha kuchlanganligi 1500…4000 N qiymatga qadar yetadi. Kabellarni kemiruvchilardan muhofaza etish uchun simli o’ramlar yoki to’lqinsimon po’lat tasma qo’llanadi.
|
| |