• Gidrofob to’ldirgichlar
  • 6.2. Turli joylarda qo’llanuvchi optik kabellarning tuzilishlari.
  • Muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali telekommunikasiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti telekommunikasiya texnologiyalari yo’nalishi




    Download 2,25 Mb.
    bet15/27
    Sana12.01.2024
    Hajmi2,25 Mb.
    #135293
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
    Bog'liq
    Individual loyiha 1

    Zirh qoplamlari. Odatda yer ostiga yotqizilgan optik kabellarni tuproq bilan ko’mishda hosil bo’luvchi bosimdan muxofazalash uchun zirx qoplamlari qo’llanadi Zirx qoplamlari odatda po’lat simlardan iborat bo’ladi ammo oxirgi paytda zirx qoplami uchun ingichka po’lat sim to’qimalaridan va aramid ip to’qimalari yoki kuchlantiruvchi shisha tolalaridan iborat bo’lgan plastmassa tasmalar qo’llanadi. Suv osti kabellarining zirx qoplami ikki qavat zirx qatlami rux bilan qoplangan po’lat simlardan yoki zanglamaydigan po’lat simlardan tayyorlanadi.
    Gidrofob to’ldirgichlar. Optik kabellarni tashqaridagi ochiq joylarda yotqizishda optik tolalarni ichiga suv kirib ketishidan muhofazalash uchun gidrofob to’ldirgichlar qo’llanadi. Muhofazalashning usullaridan biri jele yoki gel ko’rinishidagi gidrofob to’ldirgichlarni qo’llashdan iborat. Odatda bunday kompaund kabel o’zagi ichiga 65…70°S haroratda bosim ostida kiritiladi.
    Kabel o’zagi ichiga suv kirib ketishidan muhofazalash uchun nam tegishi bilan shishib ketuvchi kukunlar, tasmalar yoki iplar qo’llanadi. Kukunni kabel o’zagi ichiga kiritilsa, tasma va iplar esa optik tolalardan iborat bo’lgan element ustiga yoki kabel o’zagi ustiga o’raladi. O’ralgan muhofazalovchi qurilmalar nam tegishi bilan butun hajmi bo’yicha shishib ketadi va optik kabelning butun bo’shlig’ini suv yoki namlik kirib bormasligi uchun to’ldirib boradi.


    6.2. Turli joylarda qo’llanuvchi optik kabellarning tuzilishlari.

    Optik kabelning konstruktiv tuzilishida kabellarning yotqizilishi va ekspluatasiya qilish sharoiti albatta e’tiborga olinadi.


    Yer osti kabellari. Hozirgi zamon optik kabellarining yotqizilishida kabel yotqizgichlar yordamida yoki oldindan tayyorlangan transheyalarga yotqizilib, ular kabelni har qanday yuklamalardan muhofazalashni talab etmaydi. Ammo ekspluatasiya sharoitida optik kabelni vertikal ravishda ko’miladigan tuproq bosadi. Bundan tashqari agar optik kabel avtomobil harakatlanuvchi yo’lning tagiga yotqizilgan bo’lsa, u holda yotqizilgan kabelga harakatlanuvchi avtotransport bosimi ham qo’shimcha ravishda bosadi.
    Optik kabelni o’rab turuvchi muhit haroratini o’zgarishi o’z navbatida mexanik ta’sirlarga sabab bo’ladi. Optik kabelga tuproq tomonidan turli haroratning chiziqlik kengayishi hisobiga tashqi kuch ta’sir etadi, bu esa kabelni o’zida ko’ndalang strukturaning bir jinsli bo’lmaganligi hisobiga ichki kuchlanish hosil bo’ladi.
    Optik kabelga shuningdek tuproq qa’ridagi turli xil ximiyaviy agressiv aralashmalar va namlik ta’sir ko’rsatadi va u optik kabelning xizmat ko’rsatish muddatini va mustahkamligini chegaralaydigan asosiy faktor bo’lib hisoblanadi.
    Ko’rib chiqilgan ekspluatasiya sharoitlari yer ostida yotqiziluvchi optik kabellarning konstruktiv tuzilishini aniqlab beradi, bular: optik tolaning bemalol joylanishi optik tolaning spiral oraliqlariga yoki modullarini gidrofob kompaundlar yoki boshqa muhofazalovchi qoplamalar va to’qimalar yoki zirx qoplami yordamida optik tolalarni to’ldirish yo’li bilan germitizasiya qilinadi 6.4-rasmda ko’plab ravishda qo’llanuvchi yer osti optik kabelning konstruktiv tuzilishi keltirilgan. Kabelning bir qancha konstruktiv elementlari metal elementlarsiz bo’lishi mumkin.

    6.4-rasm. Yer osti optik kabelining ko’ndalang kesimi yuzasi: 1-markaziy kuchlantiruvchi element ; 2- optik tola; 3- optik modul; 4-muhofazalovchi qobiq;


    5-gidrofob kompaund; 6-zirx qoplami; 7-tashqi qobiq.



    Download 2,25 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




    Download 2,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali telekommunikasiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti telekommunikasiya texnologiyalari yo’nalishi

    Download 2,25 Mb.