Muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali telekommunikasiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti telekommunikasiya texnologiyalari yo’nalishi




Download 2,25 Mb.
bet11/27
Sana12.01.2024
Hajmi2,25 Mb.
#135293
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
Individual loyiha 1

Muxofazalovchi qatlam. Kvars shishaning teoretik mustaxkamlik chegarasi 6000 N/mm2 qiymatidan ham juda yuqori, ingichka tolalarning mustaxkamlik chegarasi esa undan xam yuqori, ammo amaliyotda optik tolaning mustaxkamligi turli darajalarga va ichki kuchlanganlikga bog’liq, shuning uchun optik tola ishlab chiqarish jarayonida chidamlik bo’yicha nazoratdan o’tadi, ammo chidamlilik bo’yicha nazorat tekshiruvidan o’tgan standart optik tolani uzilish bo’yicha mustaxkamligi 10N qiymatidan oshmaydi. Optik tolalarni tashqi ta’sirlardan muxofazalash uchun qobiq ustiga birlamchi va ikkilamchi muxofazalovchi qatlam bilan qoplanadi.
Birlamchi qatlam tola ichida mikroyorilishlar paydo bo’lishidan va mikroyorilishlarni rivojlanib ketishidan muxofazalaydi. Odatda tolaning birlamchi qoplami akrilat bilan qoplanadi va tolalarni bir-biridan ajratish uchun uning usti bo’yaladi. Optik tolaning birlamchi muxofazalovchi qatlam diametri 245±10 mkm. Tola qobig’ini namlikdan va vodoroddan muxofazalash uchun yupqa metallashtirilgan yoki uglerod qatlamini qo’llash hisobiga maxsus muxofazalovchi qatlam hosil qilinadi. Bunday germetik va mustaxkamlovchi qatlam optik tolalarni tezda eskirish xolatini oldini oladi va ular ancha chuqur bo’lgan suv osti optik kabellari uchun qo’llanadi.
Optik tolaning birlamchi qoplami ustiga juda xam mustaxkamligi yuqori bo’lgan polietilen,neylon kabi elastik polimer bilan qoplanadi, chunki elastik polimer optik tolalarni turli xil egilishlardan, siqilishlardan va cho’zilib uzilish kuchlanganliklardan muxofazalaydi. Ikkilamchi muxofazalovchi qatlamning tashqi diametri 0,8…1,0 mm .
Optik tolalar va optik kabellar ustida olib borilayotgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, tola o’zagi ko’ndalang kesim yuzasining deformasiyasi optik tolaning so’nish koeffisiyentini bitta yoki undan ortiq tartibda oshishga olib keladi, shuning uchun optik tolalarni radial ravishda siqilishi hisobiga so’nish koeffisiyentini oshish extimolligi juda xam yuqori bo’lmasligi uchun tolaning birlamchi va ikkilamchi qatlamlari orasiga diametri 0,4 mm atrofida bo’lgan bufer qatlami joylashtiriladi va bu bilan tolaning optik so’nish stabilligi oshiriladi.
Yuqorida qayd etib o’tilganidek birlamchi muxofazalovchi qatlam optik kabel ichida zich ravishda joylashtirilgan optik tolalar orasida nurlanish modalari hisobiga hosil bo’luvchi o’zaro halaqitlardan saqlaydi. Buning uchun ishchi to’lqin uzunligida taxminan 1dB/km miqdorda katta yutilish xususiyatiga ega bo’lgan akrilat yoki silikon mumi yaxshi xususiyatga ega, chunki u optik tola o’zagidan oqib chiqib tarqalib ketuvchi modalarni oldini olish maqsadida akrilat yoki silikon mum materialining sinish ko’rsatgich qiymati optik tola qobiq sinish ko’rsatgich qiymatidan katta bo’lishi kerak.

Download 2,25 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Download 2,25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali telekommunikasiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti telekommunikasiya texnologiyalari yo’nalishi

Download 2,25 Mb.