|
Magistral trassani tanlash va asoslash
|
bet | 8/27 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 2,25 Mb. | | #135293 |
Bog'liq Individual loyiha 14.1. Magistral trassani tanlash va asoslash.
Tolali optik aloqa liniya trassasi topshiriq vazifasi qilib berilgan ikkita oxirgi manzilgohlari oralig’ida tanlanadi. Trassa tanlovi olib borishda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
magistral trassa oralig’idagi masofa minimal bo’lishi kerak, ya’ni berilgan topshiriqdagi manzilgohlar orasidagi masofa qisqa bo’lmog’i lozim;
magistral trassa o’tadigan yo’lda tabiiy va sun’iy kesishuvlar minimal bo’lishi kerak;
iloji boricha loyihalashtiriluvchi magistral aholi yashaydigan manzilgohlardan o’tishi va bu manzilgohlarda aloqa tashkil etish imkoni bo’lishi kerak;
magistral trassa shahar tashqarisida avtomobil yo’li yoqasidan o’tmog’i lozim, agar avtomobil yo’li bo’lmasa, u holda temir yo’l yoqasidan o’tishi kerak;
daryolar va suv xavzalari bilan kesishuvlarda iloji boricha daryoning kengligi kichik bo’lgan, toshloq tuproqlari kam va daryo qirg’oqlari yuvilib ketmaydigan joylaridan o’tishi kerak bo’ladi.
Aloqa magistrali trassasini tanlashda bir nechta variantlarni (ikki yoki uchta) solishtirish yo’li bilan ko’rib chiqib, ular ichidan optimal variantga e’tibor berilishi kerak.
Tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
trassa uzunligi;
turli xil kesishuvlar soni, suv xavzalari, temir yo’l liniyalari, yirik avtomobil yo’llarning soni iloji boricha kam bo’lishi kerak;
loyixalashtirilayotgan magistral trassada aholi yashaydigan manzilgohlarning bo’lishi va ular kafolatlangan elektr manba bilan ta’minlanganligi uchun bu yerlarda regenerasiya manzilgohlarni tashkil etish mumkin.
Tahlil jarayonida aniqlangan natijalar quyidagi jadval ko’rinishida rasmiylashtiriladi.
4.1– jadval
|
| |