Kesishmalar soni
Daryolar
|
Temir yo’llar
|
Avtomobil yo’llar
|
|
1
|
Andijon
Shaxrixon
Bo’z
Yozyovon
Zafarobod
Buvayda
Pungon
Xonobod
Ko’ksaroy
Angren
Ohangaron
Bo’ka
Sardoba
Paxtaobod
Jizzax
|
510
|
9
|
10
|
23
|
|
2
|
Jizzax
Paxtaobod
Sardoba
Bo’ka
Piskent
Olmaliq
Angren
Pungan
Yozyovon
Shaxrixon
Andijon
|
530
|
13
|
10
|
24
|
|
3
|
Farg’ona
Satkak
Qiziltepa
Qumtepa
Zafarobod
Buvayda
Pungon
Xonobod
Ko’ksaroy
Angren
Ohangaron
Bo’ka
Sardoba
Paxtaobod
Jizzax
|
474
|
5
|
6
|
6
|
|
4
|
Jizzax
Paxtaobod
Sardoba
Bo’ka
Piskent
Olmaliq
Angren
Pungan
Yozyovon
Shaxrixon
Farg’ona
|
449
|
6
|
6
|
6
|
|
1
|
Namangan_Chust_Pop_Angren_Oxangaron_Guliston_Yangiyo’l_Paxtaobod_Jizzax'>Namangan
Chust
Pop
Angren
Oxangaron
Guliston
Yangiyo’l
Paxtaobod
Jizzax
|
418
|
4
|
5
|
23
|
|
6
|
Namangan
Chust
Pop
Angren
Oxangaron
Toshkent
Yangiyo’l
Sirdaryo
Yangiyo’l
Paxtaobod
Jizzax
|
480
|
9
|
10
|
53
|
|
Kurs loyiha ishida geografik xaritadan aholi yashaydigan manzilgohlar joylanishi va bu manzilgohlarni bog’laydigan avtomobil yo’li yoki temir yo’llar, hamda trassani kesib o’tuvchi avtomobil yo’llari, temir yo’llar va daryolar, hamda suv xavzalarini chizib olish kerak.
Geografik xaritadan taxlil asosida yuqorida qayd etib o’tilgan talablar inobatga olingan h olda aloqa magistral trassasining optimal varianti tanlanadi.
4.1-rasm. Andijon – Jizzax shaharlari orasida optimal
trassani tanlash
Yuqorida keltirilgan shartlardan xulosa qilib individul loyixa ishida O’zbekistonning ikkita viloyati orasida aloqa liniyalari va vositalarni yanada ham zamonaviylashtirish maqsadida hozirgi zamon talabiga javob beradigan tolali optik aloqa liniyasini loyihalashtirish uchun aloqa liniya trassa variantini tanlanadi.
Tanlov asosida oxirgi manzilgohlar, oraliq manzilgohlar haqidagi ma’lumotlar O’zbekiston ensiklopediyasidan olinadi.
5. Sinxron raqamli transport modul satxi va optik kabel rusumini tanlash
Tolali optik liniya magistralini loyihalashtirishda raqamli aloqa uzatish vositalarini qo’llash zarur. Bugungi kunda bunday aloqa uzatish vositalari vazifasini sinxron raqamli iyerarxiya (SDH – Synchronous Digital Hierarchy) turkumiga mansub bo’lgan aloqa uzatish vositalari bajaradi. Raqamli aloqa uzatish vositalari raqamli ma’lumotlarni siklik, blok–sikl strukturasi asosida amalga oshiriladi. Bunda qaytarilish davri 125 mksga teng bo’ladi va ular transport modullari yordamida amalga oshiriladi. Transport modullari o’zlarining satxlari yoki ma’lumotlarni uzatish tezliklari va tarmoqda hosil qilinadigan uzatiladigan kanallar (oqimlar) soni bilan farqlanadi. SDH transport moduli beshta satxga bo’linadi. 5.1– jadvalda SDH transport modulini satxlari keltirilgan.
5.1–jadval
SDH transport modulining satxi
|
Transport moduli
|
Uzatish tezligi, Mbit/s
|
Telefon kanallari soni
|
SDH ning birinchi satxi
|
STM – 1
|
155,52
|
1890
|
SDH ning ikkinchi satxi
|
STM – 4
|
622,08
|
7560
|
SDH ning uchinchi satxi
|
STM – 16
|
2488,32
|
30240
|
SDH ning to’rtinchi satxi
|
STM – 64
|
9953,28
|
120960
|
SDH ning beshinchi satxi
|
STM – 256
|
39813,12
|
483840
|
Bizga ma’lumki, telekommunikasiya tarmoqlari global, magistral (milliy), hududiy va maxalliy tarmoqlarga bo’linadi. 5.2 – jadvalda turli xil transport modulining satxlarini turli aloqa tarmoqlarida qo’llanishi ko’rsatilgan.
5.2–jadval
Tarmoqlar
|
Transport modullari
|
Global
Milliy
Hududiy
Mahalliy
Lokal
|
STM – 256, DWDM, WDM
STM – 64, STM – 16, DWDM
STM – 4, STM – 16, DWDM
STM – 1, STM – 4, STM – 16,
STM – 1, STM – 4
|
Hisoblab chiqilgan trassa magistralidagi kanallar soni yoki raqamli oqimlar soni asosida loyixalashtirilayotgan aloqa trassa uchun transport modulini tanlaymiz.
Agar hisoblab chiqilgan kanallar uchun bir dona transport moduli yetmaydigan bo’lsa, u holda shu manzilgohlar uchun aloqani tashkil etish uchun transport modullar soni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
dona (5.1)
bu yerda:
NTR.MOD – loyixalashtirilayotgan trassada kerak bo’ladigan transport modullar soni, dona;
num – loyixalashtirilayotgan trassa uchun hisoblab chiqilgan umumiy kanallar soni;
ntr..mod –bitta transport moduli yordamida hosil qilinadigan kanallar soni.
Transport moduli yordamida ko’p kanalli aloqani tashkil qilish uchun kanallar jamlanib, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun ikkita optik tola zarur bo’ladi (ikki tolali optik aloqa tashkil etish tizimi). U holda loyixalashtirilayotgan trassa uchun optik kabeldagi optik tolalar soni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, tola (5.2)
bu yerda:
Ntola – loyixalashtirilayotgan aloqa trassada qo’llanadigan kabeldagi optik tolalar soni;
NTR.MOD – loyixalashtirilayotgan aloqa trassasida qo’llanuvchi transport modullar soni;
2 zahira – ikki dona zahiradagi tola.
Tolalar soni aniqlangandan so’ng, JIZZAX va NAMANGAN viloyatlari oralig’ida texnik ma’lumotlar bo’yicha to’g’ridan–to’g’ri yerga yotqizish uchun:
A–DF(ZN)2Y(SR)2Y4x2E9/1250.36F3.5+0.22H18LG rusumidagi kabel tanlanadi.
|