Muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali telekommunikasiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti telekommunikasiya texnologiyalari yo’nalishi




Download 2,25 Mb.
bet14/27
Sana12.01.2024
Hajmi2,25 Mb.
#135293
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
Individual loyiha 1

Tashqi muxofazalovchi qobiq. Optik kabellar ichiga namlikni, zararli par aralashmalarini kabellarni yotqizish va ekspluatasiya jarayonida hosil bo’luvchi tashqi mexanik ta’sirlardan muhofaza etish uchun tashqi muhofazalovchi qobiq qo’llanadi. Odatda bunday qobiqlar uchta guruhga bo’linadi: metalloplastmassali, plastmassali va kuchlantiruvchi elementga ega bo’lgan plastmassali.
Metalloplastmassali qobiqlar yupqa metall qobiqdan va plastmassali qatlamdan tashkil topadi. Unda alyuminiyli yoki po’lat tasma ustma-ust ravishda to’liq spiral bo’yicha butun uzunlik yo’nalishida o’ralib chiqiladi va u o’z navbatida uchlari payvandlab ulangan yoki qalaylab payvandlab ulangan hamda ustma-ust joylashgan naycha ko’rinishga keladi. Optik kabelning egiluvchanligini yaxshilash maqsadida metaldan iborat bo’lgan qobiqni bosib ezish qarshiligini kamaytirish uchun kabel o’zagi to’lqinsimon po’lat qobiqni ko’rinishida tayyorlanadi. Bunday ko’rinishdagi kombinasiyalangan qobiq namlikni umuman o’tkazmaydigan ajoyib to’siq bo’ladi. Bundan tashqari bunday to’lqinsimon po’lat qobiqni zirx qatlami o’rnida ham foydalansa bo’ladi.
Ekspluatasiya tajribasidan shuni ko’rish mumkinki, optik kabelning ko’pchilik konstruksiya tuzilishlarida bunday holda muxofazalash bir muncha ortiq, chunki kabel namlikni o’tkazmaydigan to’ldirgich yoki namlikdan muhofazalovchi boshqa tizimlar mavjud. Bunday holatlarda plastmassali qobiqlar kabel o’zagi ustiga polietilen, polivinilxlorid kabi plastmassa materiallarini presslash usuli yordamida qoplanadi Bunday qobiq namlikni o’tkazmaydigan bo’la olmaydi.
Kuchlantiruvchi elementlarga ega bo’lgan plstmassa qobiq butun uznlik bo’ylab po’lat yoki FRP kabellar kabi sintetik iplarga ega bo’lib ular o’z navbatida bitta konstruktiv element yordamida ikkita funksiyani bajaradi
Tashqarida yotqiziluvchi plastmassa koplamli optik kabellar odatda polietilendan tayyorlanadi Polietilen qobiqni ultrabinafsha nurlanishdan muhofazalash uchun polietilen tarkibiga qora ko’mir qo’shish bilan erishiladi Bino ichida yotqiziluvchi optik kabellarning tashqi qobig’i uchun polivinilxlorid qo’llangan, ammo bunday material xavfli xususiyatga ega, agar polivinilxloridni yuqori haroratga qadar qizdirilganda u buziladi va tuzli kislotani hosil qiladi. Polivinilxloridning zararli bo’lishi va zaxarli gazlar chiqarish hisobiga polivinilxlorid oxirgi paytda qo’llanilmayapti. Shuning uchun bino ichiga yotqiziluvchi optik kabellarning tashqi qobig’i uchun gidroksid alyuminiy (plastik polimer) qo’llanadi. Bunday materiallardan tayyorlangan qobiq yonish jarayonida polimer va to’ldirgichlar inson hayotiga zarar bermaydigan kam tutaydigan mahsulot ajratib beradi va u samarali ravishda yong’inni alanga bo’lib yonish oldini oladi.

Download 2,25 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Download 2,25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali telekommunikasiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti telekommunikasiya texnologiyalari yo’nalishi

Download 2,25 Mb.