|
Liniya regeneratorlarini joylashtirish
|
bet | 22/27 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 2,25 Mb. | | #135293 |
Bog'liq Individual loyiha 18. Liniya regeneratorlarini joylashtirish
Kattadan katta uzunlikdagi liniya tarmoqlari uchun terminal multipleksorlar – TM orasidagi masofa tolali optik kabellarning ruxsat etiladigan maksimal so’nish nuqtai nazaridan tavsiya etiladigan masofadan ortiq bo’lishi mumkin. Bunday holatda liniya traktidagi multipleksorlar orasida so’nib boruvchi optik signalni qayta tiklash uchun (regenerasiya uchun) regeneratorlar joylashtiriladi.
Kattadan katta masofalardagi SDH tarmog’ini bir qancha seksiyalar ketma ket ravishda ulangan ko’rinishda bo’lib, u ITU-T G.957 va G.958 tavsiyalariga javob beradi.
Uchta turdagi standartlashtirilgan uchastka (seksiya) mavjud:
optik seksiya – elektro-optik o’zgartirish nuqtasidan opto-
elektron o’zgartirish nuqtasigacha bo’lgan seksiya;
multipleksorlashtirish uchastka;
regenerasiya seksiya (8.1-rasm).
8.1-rasm. Katta masofadagi SDH tarmog’i va uning segmentlari.
Optik seksiya uzunliklar bo’yicha normallashtiriladi va unda uchta kategoriya ajratiladi.
I(inside) – stansiya ichidagi seksiya, uzunligi 2 km gacha;
S(short) – kichik stansiyalararo seksiya, uzunligi 15 km;
L(long) – uzun stansiyalararo seksiya, uzunligi 40 km (1330 nm to’lqin uzunlikda) va uzunligi 80 km (1550 nm to’lqin uzunlikda).
Marshrut va multipleksorlashtirish seksiya odatda transport tugunlari (multipleksorlar orasi) orasidagi trakt uchastkasi bo’lib, u avtomatik ravishda tarmoq boshqaruvi yordamida boshqariladi.
Regenerasiya seksiyasi odatda ikkita regneratorlar orasidagi yoki regenertor va tarmoqning boshqa elementi (multipleksor, kommutator) orasidagi trakt uchastkasi. Regenerasiya uchastkasining maksimal uzunligi deganda optik signalni qayta tiklamasdan uzatiluvchi masofa bo’lib, unda ruxsat etilgan hatolar ehtimolligi va ruxsat etiladigan signal/shovqin nisbatiga erishiladi.
Loyixalashtiriluvchi magistralda bo’lgan regeneratorlar sonini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
3 (8.1)
bu yerda;
Lu- loyixalashtiriluvchi magistral uzunligi, km
Lru- tanlangan apparatura uchun loyixalashtiriluvchi regenerasiya uchastk a uzunligi, km
Demak xisoblashlar asosida shuni tushunish mumkinki Andijon va Guliston shaharlari orasida (375km) SDH texnologiyasi asosida optik transport tarmog’i qurilganda optik liniya trassasida 4 ta regenerator qurilmasi qo’llaniladi.
|
| |