Tolali optik aloqa liniya qurilishi




Download 2,25 Mb.
bet23/27
Sana12.01.2024
Hajmi2,25 Mb.
#135293
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Individual loyiha 1

9. Tolali optik aloqa liniya qurilishi

Qurilish ishlarining asosiy masalaridan biri qurilish va montaj ishlari boshlanmasdan avval asbob va uskunalarni bir joyga yig’ib jamlash lozim. Tolali optik aloqa liniyasi qurilmasining algoritimi 9.1– rasmda ko’rsatilgan:


9.1 rasm. Optik –tolali aloqa liniyasi qurilishining algoritmi.


Bular quyidagilar:

  1. Kabellarni yotqizish va tortish uchun asbob va uskunalarni yig’ish.

  2. Liniyada qo’llanuvchi optik kabellarni yig’ish.

  3. Stansiya qo’llanuvchi optik kabellar, o’lchov asbob uskunalarni va payvandlash texnikasini yig’ish.

  4. Kabellarni montaji uchun qo’llanuvchi bog’lovchi muftalarni yig’ib bir joyga jamlash.

Uskunalarni bir joyga jamlash jarayonida parallel ravishda aloqa trassasi bo’lib chiqilib, bu ishlar bajarilgandan so’ng dalolatnoma tuziladi.


Tolali optik aloqa liniyalarini qurish va montaj qilish qoidalari bo’yicha liniya va stansiya kabellari ichki nazoratdan o’tkazildi, bu ishlar bajarilgandan so’ng ham dalolatnoma tuzilib zavod pasporti bilan solishtirilishi lozim.
Tekshiruvdan o’tkazilgan liniya va stansiya kabellari yotqiziladigan joyga olib boriladi. Undan so’ng bu kabellar shaxar ichida va aholi istiqomat qiladigan, shaxar tashqarisida yoki aholi yashaydigan manzilgohlardan tashqarida kabellar to’g’ridan–to’g’ri yerga yotqiziladi. Kabellar yotqizilgandan so’ng bog’lovchi muftalar montajidan avval kabellarning parametrlari nazoratdan o’tkaziladi. Bog’lovchi muftalar montaji reflektometr yordamida optik nazorati ostida bajariladi. Stansiya kabellari ham ichki nazoratdan o’tkazilgandan so’ng bino ichida yotqiziladi va uning parametrlari – ya’ni so’nish qiymati o’lchanadi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan ishlar bajarilgandan so’ng stansiya ichida maxsus o’rnatilgan ajratuvchi bog’lovchi muftalar yordamida liniya va stansiya kabellari montaj qilinadi. Montaj qilingan kabellar va butun qilib montaj qilingan liniyaning ham so’nish qiymati o’lchanadi. Bu ishlar bajarilib bo’lgandan so’ng butun liniya stansiya uskunasiga ulash uchun tayyordir. Stansiyada yotqiziladigan kabellar bino xonalari ichida egilishlar soni kam bo’lishiga e’tibor berish kerak.



Download 2,25 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 2,25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tolali optik aloqa liniya qurilishi

Download 2,25 Mb.