Muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali telekommunikasiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti telekommunikasiya texnologiyalari yo’nalishi




Download 2,25 Mb.
bet25/27
Sana12.01.2024
Hajmi2,25 Mb.
#135293
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Individual loyiha 1

9.4 Mufta montaji

Optik – tolali kabellarning mufta montaji o’z ichiga quyidagi texnologik operasiya jarayonlarini oladi.



  1. Payvandlash taqsimlagichini tayyorlash;

  2. Kabellarning ohirgi tomonidan uchlarini ajratish;

  3. Tolalarni payvandlashga tayyorlash;

  4. Kabel uchlarini muftaga maxkamlash;

  5. Kassetaga kabel modullarini maxkamlash;

  6. Tolalarni payvandlash;

  7. Modullarni joylashtirish, kasseta maxkamlanib va payvandlagan blokni yopish;

  8. Tayyor muftani yopish.

Muftalar montaji payvandlash kassetasini tayyorlashdan ya’ni uning ichiga taqsimlagichni joylashtirishdan boshlanadi. Shundan so’ng kabel uchlari ajratiladi va tashqi polietilen qobig’ kesiladigan joy belgilanib, avval pichoq yordamida kundalangiga va uzunasiga ikkita bo’lakga ajratish uchun kesiladi. Polietilen qobig’ termouskuna yordamida qizdirilib shundan so’ng ajratilib yechiladi. To’lqinsimon qobig’ avval ustiga qoplangan yopishtiruvchi qoplami artib tozalanadi va avval qobig’ bir muncha qizdirilgandan so’ng ulangan chokidan ajratiladi hamda olib tashlanadi. Uning tagidagi aramid ip to’qimalari 200 mmga qadar qisqartiriladi. Modullar termouskunalar yordamida issiq havo ostida 550 mm uzunlikda tekislanadi. Shundan so’ng qabul qilib modullar qabul qilingan metodika asosida qizil rangdan boshlab montaj uchun tayyorlanadi. Markaziy kuchaytiruvchi element esa 300 mm uzunlikga qadar qisqartiriladi, agar optik kabel to’lqinsimon po’lat qobig’ga ega bo’lsa, u holda ignali qisqich yordamida muftaning ichki platasiga maxkamlanadi. Blokda joylashgan qattiq ushlab turuvchi qisqich orasida joylashgan kassetalar bo’shtiladi. Markaziy kuchaytiruvchi element bilan birga aramid ip to’qimalari bog’langan blokning pastki tomonidan o’tkazilib kuchaytiruvchi uskunaga olib boriladi va shayba hamda bolt yordamida tortilgan bog’lam maxkamlanadi, uning uchlari esa kesib tashlanadi. Shundan so’ng modul maxsus keskich yordamida aylanma qilib kesiladi va sekin astalik bilan o’raladi. Tasma bilan o’ralgan modul kassetaga joylashtirilib qisqich yordamida maxkamlanadi. Modulldan ajratilgan optik tolalar kasseta ichiga maksimal egilish radiusi bo’yicha uchta o’ram qilib aylantirib joylashtiriladi.
Kasseta ichiga joylashtirilgan tolalar payvandlash apparatining yuqori qismiga bolt bilan maxkamlanadi. Modul esa payvandlash apparatining modul ushlagich ichida maxkamlanadi. Stripper yordamida tolalar 40 mm uzunlikda muxafazalovchi qoplam va tolalar qobig’i tozalanadi. qobig’dan ajratilgan tola yumshoq qog’oz salfetka yordamida yaxshilab artilib tozalanadi. Payvandlash apparatining maxsus keskichi yordamida tola o’zagi to’g’ri burchak ostida sindiriladi va apparatning chap tomoniga qisqich yordamida joylashtiriladi. Xuddi shunday operasiya yuli bilan o’ng tomondagi tola qisqich yordamia joylashtiriladi. Payvandlash apparatida tolalar biri–biri bilan payvandlab ulanadi. Payvandlab ulangan tolalar payvandlash taqsimlagichining birinchi joyiga joylashtiriladi. Shu usul bilan moduldagi qolgan optik tolalar payvandlab ulangan payvandlash taqsimlagichining keyingi joylarda joylashtiriladi va kompaund quyilib usti yopiladi.
Payvandlash taqsimlagichlari joylashgan kasseta aylantirilmay uning ichiga modullar yoki muxafazolovchi adapter naychalari bir–biri ustiga joylashtiriladi. Kasseta mufta ichiga joylashtirilib bolt yordamida maxkamlanadi. Hamma tolalari payvandlangan kassetalar mufta ichiga joylashtirilib bo’lgach mufta quyidagicha yopiladi. Mufta ichiga kiritiladigan kabel qobig’i yaxshilab tozalangach kompaund surkaladi va quritiladi, qobig’ ustiga o’raladigan yopishqoq tasma qisqichga qadar o’raladi. Usti o’ralgan qobig’ diametri kalibrator yordamida tekshiriladi. Agar muftaga ikkita kabel kiritiladigan bo’lsa, u holda qolgan ikkita kabel kiritiluvchi teshiklar maxsus vtulka (qopqoqlar) yordamida berkitiladi.
Muftaning pastki yarmi ulanadigan joyiga muftani germetizasiya qilish uchun germetik shnur o’raladi. Muftaning pastki qismiga quritgich paketi ochilib solinadi. Muftaning pastki yarim qismi ustiga ustki yarim qismi asta sekinlik bilan joylashtirilib bir–biri bilan siqiladi. Muftani siqish uchun avval muftaning kichik tomonidagi boltlar buralib siqiladi. Muftalar orasidagi oraliq kalibratorlar yordamida tekshiriladi, shundan so’ng muftaning uzun tomonidagi boltdlar siqib tortiladi. Muftaning yopilish sifati kalibrator yordamida tekshiriladi va boltlar yopishqoq tasma bilan yopishtirilib muhofazalanadi.



Download 2,25 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 2,25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali telekommunikasiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti telekommunikasiya texnologiyalari yo’nalishi

Download 2,25 Mb.