|
Kuchlantiruvchi (mahkamlovchi) elementlar
|
bet | 13/27 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 2,25 Mb. | | #135293 |
Bog'liq Individual loyiha 1Kuchlantiruvchi (mahkamlovchi) elementlar. Optik kabelning konstruktiv tuzilishi optik tolalarni juda ham katta va kuchli mexanik kuchlanganlikdan muhofaza eta olishi kerak, bunda mexanik kuchlanganlik optik tolaga emas balki optik kabelning kuchlantiruvchi (mahkamlovchi) elementlariga ta’sir ko’rsatadi, bu bilan esa optik kabelning cho’zilishini 0,1…..1% miqdorida chegaralab kabelni lozim bo’lgan egilish radiusini ta’minlaydi va optik kabelga tushuvchi radial mexanik ta’sirlarga bo’lgan chidamligini oshiradi.
Qatlamli, modulli va profillangan o’zak tuzilishlarda kuchlantiruvchi elementlar kabelning butun uzunligi bo’yicha markaziy o’qda joylashtiriladi. Konstruktiv tuzilish bo’yicha ular to’liq o’zak (sterjen) metalli yoki sintetik materiallardan tayyorlangan ingichka tolalar o’ramli bog’lam ko’rinishga ega. Metalli elementlar uchun rux qoplami bilan qoplangan yoki mis bilan qoplangan po’lat simlar qo’llanadi. Metall bo’lmagan kuchlantiruvchi elementlar esa kevlar, terlon, tvaron kabi juda mustahkamlangan plastmassalardan tayyorlanadi. Bu materiallar po’lat simlarga qaraganda ancha qimmat bo’lsa ham optik kabelning mustaxkamligini juda ham oshirib va optik kabel massasini kamaytirib beradi. Agar lozim bo’ladigan bo’lsa kabelning o’zagi va qobig’i orasiga qo’shimcha ravishda kuchlantiruvchi (maxkamlovchi) elementlar aramid (kevlar) iplar yoki shisha tolali tasmalardan iborat bo’lgan qatlamlar joylashtiriladi.
Tasmali tuzilishda va bir dona markaziy naycha tuzilishdagi kuchlantiruvchi element vazifasini po’lat simlar yoki qobiq ichiga joylashtirilgan sintetik iplar (FRP) bajaradi. Optik kabelning o’zagi va qobig’i orasida aramid iplar yoki shisha tolali tasma qatlamlari joylashtirilishi mumkin.
Osma optik kabellarda kuchlantiruvchi element vazifasini o’zini ushlab turuvchi po’lat tros bajaradi. Dumaloq simlardan iborat bo’lgan zirx qatlamli optik kabellarda mexanik kuchlanganliklar shu zirx qatlamidagi simlarga tushadi.
Ajratuvchi (dempfirlovchi) qatlam. Optik kabelning konstruktiv tuzilishidagi turli xil elementlarni bir-biriga ta’sir bosimini kamaytirish va siquvchi mexanik kuchlarga chidamlilikni oshirish uchun ajratuvchi qatlam qo’llanadi va u penoplast bilan to’ldirilgan holda bajariladi.
|
| |