|
Chastota bo‘yicha modulyatsiyalangan signallarni detektorlash
|
bet | 3/8 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #116403 |
ChM signallarni detektorlash kogerent va nokogerent qabul qilishda amalga oshirilishi mumkin. Nokogerent qabul qilishda ChM signallarni detektorlashni ko‘rib chiqamiz. Bu holda detektorlash quyidagi ikkita bosqichda amalga oshiriladi:
− chastotaviy modulyatsiyalangan signalni amplitudaviy chastotaviy modulyatsiyalangan signalga (AChM) o‘zgartirish;
− AChM signalni amplitudaviy detektor orqali detektorlash.
ChM signallarni detektorlash prinsipial sxemasi 12- rasmda keltirilgan.
ChM signal chastotasi ortganida, u konturning ωrez rezonans chastotasiga yaqinlashadi va uK(t) tebranish amplitudasi ortadi. ChM signal chastotasi kamayganida konturning ωrez rezonans chastotasidan uzoqlashadi va uK(t) tebranish amplitudasi kamayadi. Shunday qilib, konturning chiqishidagi tebranish modulyatsiyalangan signal bo‘lib, unda ham amplituda, chastota o‘zgaradi (AChM signal). Keyin signal amplitudaviy detektor orqali detektorlanadi.
12- rasm. ChM signallarni detektorlash prinsipal sxemasi
Bu detektorda ChM signalni AChM signalga o‘zgartirish L1C1 tebranish konturi yordamida amalga oshiriladi. Kontur tashuvchi chastotaga nisbatan sozlanmagan, ya’ni uning rezonans chastotasi tashuvchi signalning chastotasiga teng emas (13- rasm).
13- rasm. ChM signallarni detektorlash vaqt diagrammalari
Bu detektorning detektorlash xarakteristikasi 14- rasmda keltirilgan. Bu xarakteristika chiziqli hisoblanadi, demak, bu detektor orqali detektorlashda modulyatsiyalovchi signal nochiziqli buzilishlarga ega bo‘ladi.
14- rasm. Bir taktli chastotaviy detektorning detektorlash xarakteristikasi
Nochiziqli buzilishlarni tuzatish uchun balansli (ikki taktli) chastotaviy detektorlash sxemasi ishlatiladi (15- rasm).
15- rasm. Balansli CHD sxemasi
Bu detektorda har ikkala tebranish konturlari tashuvchi chastotaga nisbatan o‘zaro sozlanmagan va turli ωrez1 va ωrez2 rezonans chastotalarga ega, konturlarning xarakteristikalari 15- rasmda keltirilgan.
Natijada ωrez1 va ωrez2 rezonans chastotalar orasida detektorlash uchun ishlatiladigan chiziqli oraliqqa ega bo‘lgan xarakteristikani olamiz.
Balansli detektorning chastotaviy xarakteristikasi 16 - rasmda keltirilgan.
16- rasm. Balansli detektor tebranish konturlarining chastotaviy bog‘liqligi
17- rasm. Balansli detektorning chastotaviy xarakteristikasi
|
| |