• Fazaviy-manipulyatsiyalangan signallarni detektorlash
  • Raqamli manipulyatsiyalangan signallarni detektorlash




    Download 1,12 Mb.
    bet6/8
    Sana12.12.2023
    Hajmi1,12 Mb.
    #116403
    1   2   3   4   5   6   7   8

    4. Raqamli manipulyatsiyalangan signallarni detektorlash


    Amplitudaviy-manipulyatsiyalangan signallarni detektorlash.
    Bu signallarni detektorlash yuqorida ko‘rib chiqilgan amplitudaviy detektor orqali amalga oshiriladi (8- rasm).
    Chastotaviy-manipulyatsiyalangan signallarni detektorlash.
    ChMn signallarni detektorlash tuzilish sxemasi va uning ishlashini tushuntiradigan diagrammalar 24- va 25- rasmlarda keltirilgan.

    24- rasm. ChMn signallarni detektorlash tuzilish sxemasi
    Detektorning kirishiga ChMn signal (25,a- rasm) beriladi. Bu signal 1PF1 va 2-PF polosali filtrlarga beriladi, har bir PF o‘z chastotalar polosasini ajratadi (25,b,v- rasmlar). Olingan signallar 1-AD va 2-AD (25,g,d- rasm) amplitudaviy detektorlar orqali detektorlanadi. Olingan signallar ayirish qurilmasiga beriladi, binobarin, uAD2(t) signal negativ qutbda beriladi. Ayirish qurilmasida chiqish signalini shakllantirish (25,e- rasm) bo‘lib o‘tadi:
    Uchiq(t) = u1-AD(t) — u2-AD(t)

    25- rasm. Chastotaviy-manipulyatsiyalangan signallarni detektorlash jarayoni
    Fazaviy-manipulyatsiyalangan signallarni detektorlash.
    Bu signallarni detektorlash kogerent qabul qilishda amalga oshiriladi. FM signallar qabul qilgichining tuzilish sxemasi 26- rasmda keltirilgan.
    Polosali filtrning kirishiga Z(t) kirish tebranishi beriladi. PF signalga detektorgacha ishlov berishni amalga oshiradi, ya’ni qabul qilgich kirishida halaqitlar sathini cheklaydi. PF chiqishidan FMn signal FD fazaviy detektorga beriladi, uning ikkinchi kirishiga generatordan tayanch kuchlanishi beriladi. Tayanch tebranishlarining chastotasi va fazasini sozlash ChFACHS chastotani fazaviy avtomatik qayta sozlash tizim orqali amalga oshiriladi. Tayanch tebranishlarining chastotasi va fazasi S1(t) yoki S2(t) signallardan birining chastotasi va fazasi bilan mos tushishi kerak.

    26- rasm. FM signallar qabul qilgichining tuzilish sxemasi
    FD chiqishidan olingan signal u1 yoki u2 signallardan qaysini birini qabul qilishni aniqlaydigan hal qiluvchi qurilmaga beriladi. Signalni aniqlash FDdan beriladigan diskret elementning amplitudasini korpusdan olinadigan nolinchi sath bilan taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Agar FDdan beriladigan diskret elementning amplitudasi kichik bo‘lsa, u holda u2 («1») musbat qutbli element qabul qilinadi, agar FDdan beriladigan diskret elementning amplitudasi katta bo‘lsa, u holda u1 («0») manfiy qutbli element qabul qilinadi
    Bunday sxemaning va mos ravishda FMnli tizimning kamchiligi axborot signali bilan birga fazaviy sinxronlashtirish signalini uzatilishi zarurati hisoblanadi, bu quvvatni qo‘shimcha harakatlariga va mos ravishda FMn ning samaradorligini kamayishiga olib keladi. Sinxronlashtirish signallarini uzatilishi zarurati tayanch generatori tebranishlarining fazasi S1 yoki S2 signallardan birining fazasi bilan yuqori aniqlikda mos tushishi kerakligiga bog‘liq.
    Fazaviy sinxronlashtirish maqsadlari uchun Z(t) kirish signalidan foydalanish teskari ishlash samarasiga olib keladi. Teskari ishlash detektorlashda u1 signalni u2 signal bilan yoki aksincha almashtirilishidan iborat. Teskari ishlash generator tayanch tebranilarinig fazasi qarama-qarshisiga o‘zgarganida vuudga keladi. Bu bir-birlaridan faza bo‘yicha 180°ga farq qiladigan S1 va S2 teng ehtimollikli signallarda qabul qilishda qaysi signalning fazasi tayanch signali fazasi sifatida qabul qilinganligini aniqlash mumkin bo‘ladigan hech qanday belgilar bo‘lmganida vujudga keladi.
    ChFAKCh tizimi orqali sozlanadigan generator fazalar ikkita 0 yoki 180° barqaror holatlarili tebranishlarni generatsiyalashi mumkin. Aloqa kanalida sinxronlashtirish uchun ishlatiladigan signalning fazasi halaqitlar ta’sirida o‘zgaradi. Agar u 0 yoki 180°ga mos kelmasa, u holda generator yaqindagi fazaga sozlanadi, ya’ni, agar faza 90°dan kichikka o‘zgarsa, u holda generator signalning to‘g‘ri fazasiga sozlanadi (teskari ishlash bo‘lmaydi), agar faza 90°dan kattaga o‘zgarsa, u holda generator qarama-qarshi fazaga sozlanadi va teskari ishlash ro‘y beradi. Yuqorida aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, qabul qilgichda teskari ishlash manbai ChFAQSli generator hisoblanadi.



    Download 1,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli manipulyatsiyalangan signallarni detektorlash

    Download 1,12 Mb.