|
Faza bo‘yicha modulyasiyalangan signallarni detektorlash
|
bet | 4/8 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #116403 |
Faza bo‘yicha modulyasiyalangan signallarni detektorlash .
FM signallarni detektorlash kogerent qabul qilishda amalga oshiriladi. Bu signallarni detektorlash ikkita bosqichda amalga oshiriladi:
− FM signalni amplitudaviy-fazaviy-modulyatsiyalangan signalga (AFM)
o‘zgartirish;
− AFM signalni amplitudaviy detektor orqali detektorlash.
Bir taktli fazaviy detektorning prinsipial sxemasi 18- rasmda tasvirlangan.
18 - rasm. Bir taktli fazaviy detektorning prinsipial sxemasi
U tayanch tebranishi ishlatiladigan amplitudaviy detektor hisoblanadi. FM signalni AFM signalga o‘zgartirish VD diod orqali amalga oshiriladi. Diodning kirishiga ikkita kuchlanishlar - φ = 0 fazali utayanch(t) tayanch tebranishi va ufm(t) FM signal beriladi. Diodning kuchlanishi bu kuchlanishlarning yig‘indisi orqali aniqlanadi:
ud(t) = utayanch(t)+ ufm(t)
Diodda kuchlanishning shakllanishi vektorlar diagrammasi orqali tushuntiriladi (19 - rasm). Qandaydir vaqt momentida FM signal ufm1 vektor og‘ishiga mos bo‘lgan φfm1 faza qiymatiga ega bo‘lsin, u holda dioddagi kuchlanish ud1 vektorga mos keladi. Keyingi vaqt momentida FM signal fazasi o‘zgaradi va ufm2 vektorning φfm2 og‘ishiga mos keladi (bunda vektorning uzunligi ud1 vektorning uzunligiga mos keladi, chunki FM signal amplitudasi o‘zgarmaydi). Dioddagi kuchlanish bu vaqt momentida ud1 vektorga mos keladi. Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, ud1 va ud2 vektorlar turli uzunliklarga, mos ravishda amplitudalarga ega bo‘ladi.
19 - rasm. Diodda kuchlanishning shakllanishi
Shunday qilib, diodda FM signalni AFM signalga o‘zgartirish bo‘lib o‘tadi. Bir vaqtda bu o‘zgartirish bilan diod AFM signal spektrini transformatsiyalashni amalga oshiradi va keyingi detektorlash bir taktli amplitudaviy detektor orqali detektorlashga o‘xshash amalga oshiriladi. Fazaviy detektorning detektorlash xarakteristikasi 20 - rasmda keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, bu xarakteristika nochiziqli xarakterga ega, bu modulyatsiyalovchi signalni buzilishlariga olib keladi.
20- rasm. Bir taktli fazaviy detektorning chastotaviy xarakteristikasi
Nochiziqli buzilishlarni tuzatish uchun balansli (ikki taktli) fazaviy detektorlash sxemasi ishlatiladi (21- rasm).
Bu detektor ikkita bir taktli fazaviy detektorlardan iborat. Utayanch(t) tayanch kuchlanishi transformator (T) ikkilamchi cho‘lg‘amining o‘rta nuqtasi va R1R2 rezistorlar va S1S2 kondensatorlarning o‘lanishi nuqtalari orasiga beriladi. ufm(t) FM signal kuchlanishi transformatorning birlamchi kuchlanishi orqali beriladi.
21- rasm. Balansli fazaviy detektorning prinsipial sxemasi
Qandaydir vaqt momentida detektorning kirishiga φ(t) fazali va 21- rasmda ko‘rsatilganga mos kuchlanishlar qutlbliliklaridagi ufm(t) signal kelsin. Bu holda diodlardagi kuchlanish quyidagicha aniqlanadi:
ud1 = uop + 0,5ufm;
ud2 = uop — 0,5ufm.
|
| |