|
Muhammad al horazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari unversiteti
|
bet | 5/8 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #116403 |
3. Sinxron detektorlash
Sinxron detektorlash bu tashuvchi tebranishning chastotasi va fazasiga mos keladigan chastota va fazali tayanch tebranish ishlatiladigan detektorlash hisoblanadi. Sinxron detektorning tuzilish sxemasi 22- rasmda keltirilgan.
Balansli yoki halqali modulyatorning kirishlariga SAM(t) signal va generatordan ug(t) tebranish beriladi:
SAM(t) = Um(1 + mAM u(t)) cos (w0t + φ0);
ug(t) = Umg cos (w0t + φ0).
22- rasm. Sinxron detektorning tuzilish sxemasi
Modulyator chiqishida u1(t) signal shakllanadi:
u1(t) = SAM(t) · ug(t) = Um (1 + mAM u(t)) cos (w0t + j0)·
·Umg cos (w0t + φ0) = 0,5 Um Umg (1 + mAMu(t))· ·(1 + cos (2w0t + 2 φ0))
Modulyator chiqishidagi PChF yuqori chastotali va o‘zgarmas tashkil etuvchilarni so‘ndiradi va modulyatsiyalovchi signal tashkil etuvchisini ajratadi:
Uchiq(t) = 0,5 Um Umg mAM u(t)
Tashuvchi tebranishning chastotasi va fazasili tayanch tebranishlarini olish uchun chastotani fazaviy avtomatik qayta sozlash (ChFAQS) bloki ishlatiladi. ChFAQS bloki qabul qilingan signaldan tashuvchi tebranishni ajratadi va uni generatorning parametrlariga sozlaydi.
Sinxron detektorning xususiyati va asosiy afzalligi detektor chiqishida signal-halaqit nisbatini saqlash hisoblanadi. Bu bilan tushuntiriladiki, bu detektor signal shakli o‘zgartirilmasdan va spektrning tashkil etuvchilari orasidagi nisbat o‘zgarmasdan signal spektrini past chastotalar sohasidan o‘tkazadigan chastota o‘zgartirgichi hisoblanadi. Detektorning bu xususiyatini signalni detektordan keyingi ishlov berishga qo‘llashga imkon beradi.
Sinxron detektor shuningdek balansli modulyasiyalangan va bir polosali modulyatsiyalangan signallarni detektorlashga imkon beradi. Lekin bu holda tashuvchi tebranishning chastotasi va fazasi haqidagi ma’lumotlarni olish qiyinchiliklar tug‘iladi, chunki bu signallarning spektrida tashuvchi tebranish tashkil etuvchisi mavjud bo‘lmaydi. Shuning uchun bu signallarni detektorlash uchun quyidagi ikkita texnik yechimlar qo‘llanadi:
− detektorlashda pilot-signal ishlatiladi, u tashuvchi tebranishning qoldig‘i hisoblanadi va signal bilan birga uzatiladi, qabul qilishda esa ChFAQS tizimi orqali ajratiladi;
− qabul qilish tomonida detektorlashda umuman sinxronlashtirilmaydigan yuqori stabil tayanch generatori ishlatiladi.
Detektorlash uchun uzatiladigan tashuvchidan φ fazaga farqlanadigan mahalliy tashuvchi ishlatiladi. Bunda aloqa kanalida chastotaning surilishi vujudga keladi (23- rasm). Agar bu surilishi telefon signali uchun 10 Gs dan oshmasa, u holda oluvchi uni sezmaydi. Bu yerdan BPMi aloqa tizimlarining generator qurilmalari stabilliklariga qat’iy talablar kelib chiqmoqda.
23- rasm. Aloqa kanalidagi chastotalarning surilishi jarayoni
|
| |