1-O‘rin Pragrammers jamoasi;
2-O‘rin BIBS jamoasi;
3-O‘rin Cannect 404jamoasi;
G‘oliblarga yakunda diplom hamda estalik sovg‘alari topshirildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali Boshlang‘ich tashkiloti kengash a’zolari hamda talabalar ishtirokida “Yil sarhisobi 2023” yangi yil bayrami joriy yilning
20-dekabr sanasida tadbirlar zalida o‘tkazildi. Tadbirga, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi a’zosi filiologiya fanlari doktori adabiyotshunos olim Abdurahmon Pirimqulov, bosh mutaxasis “Adabiyot ziyosi” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari shoir Zohidjon Olovlar takif etildi. Tadbir davomida yil davomida o‘zini iqtidorlarini ko‘rsata olgan bir qator filial talabalari munosib taqdirlandi.
Joriy yilning 10-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialida Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari B.Boboyorov o‘z nutqini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning so‘zlari bilan boshlab, Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur. degan so‘zlarining mazmun moxiyatini tushuntirib, jadidchilik dastlab, XIX asrning 80-yillarida Qrimda vujudga kelgan bo‘lib, XIX asrning 90-yillarda O‘rta Osiyoga tarqalgan. Jadidchilik avval madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni o‘rganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishganligini ta’kidlab Ismoil G‘aspirali Bey (1851-1914) O‘rta Osiyoda jadidlar harakatini rivojlantirishda katta hissa qo‘shgan, qrim-tatar millatiga mansub ziyoli qatlam vakili, pedagog, noshir, yirik siyosiy va jamoat arbobi ekanligi, 1883-yil 10-aprelda Ismoil G‘aspiraliga birinchi qrim-tatar-ruscha «Tarjimon-Terjiman» gazetasini nashr qilish va tahrir qilishga ruxsat berilganligi hamda 1905-yil oxiridan Ismoil G‘aspirali ayollar uchun birinchi qrim-татар jurnali «Alemi nisvan» («Ayollar dunyosi»)ni nashr eta boshladi. «Tarjimon-Terjiman» gazetasi deyarli 35 yil davomida nashr etildi va 1918-yil 23-fevralda yopilganligini ta’kidladilar.
|