• Ismoilbekning Turkistonga ikkinchi safari 1908 yilga to‘g‘ri keladi
  • O‘ng oqim
  • Turkiston ma’rifatparvarlari
  • Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari
  • “Vatan himoyasi-muqaddasdir”
  • “Vatan himoyachilari kuni”
  • “Vatan Himiyoyachilari kuni”
  • “Mard oʻgʻlon”
  • 1-o‘rin
  • Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi tatu nurafshon filialida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot koordinatori Olishov Samandar tomonidan Oktabr, Noyabr, Dekabr oylarida amalga oshirgan ishlar hisoboti




    Download 40,36 Mb.
    bet8/8
    Sana21.01.2024
    Hajmi40,36 Mb.
    #142437
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Hisobot Samandar

    Jadid maktablari -jadidchilik namoyandalarining xalq maorifi va ma’rifatini yuksaltirishni ko‘zlab, eskicha ta’lim uslublaridan voz kechib, zamonaviy andozada tashkil etgan maktablari.Birinchi jadid maktabiga Ismoil Gaspirali (1851–1914) 1884-yil Qrimdagi Bog‘chasaroy shahrida asos solgan edi. U o‘zi dastur tuzib, milliy yangi usul maktablari uchun turkum darsliklar yozgan va nashr ettirgan.Ulardan eng mashhuri «Xo‘ja va Subyon» («Bolalar o‘qituvchisi») darsligi edi. Ana shu darslik yordamida 40 kun ichida 12 o‘quvchining savodini chiqardi va bu maktab musulmon o‘lkalarida tez shuhrat qozondi.1893-yilda Ismoil Gaspirali Buxoro amiri huzurida bo‘lib, unga ilm-fanning amirlik taraqqiyotida tutadigan ahamiyatini zo‘r berib tushuntirdi. Amir jadid maktabi ochilishiga rozilik berdi. Turkiston o‘lkasidagi Jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qildi. Ular chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi kurashning oldingi saflarida turib, chorizmning xom ashyo manbaiga aylantirilgan Turkistonning dastlab muxtor, so‘ng mustaqil davlat bo‘lishini yoqlab chikdilar.Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yo‘nalishlar ustuvor edi, yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish, qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish, turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkinligini ta’kidladilar. Birinchi jadid maktabiga Ismoil Gaspirali (1851–1914) 1884-yil Qrimdagi Bog‘chasaroy shahrida asos solgan edi. U o‘zi dastur tuzib, milliy yangi usul maktablari uchun turkum darsliklar yozgan va nashr ettirgan. Ulardan eng mashhuri «Xo‘ja va Subyon» («Bolalar o‘qituvchisi») darsligi edi. Ana shu darslik yordamida 40 kun ichida 12 o‘quvchining savodini chiqardi va bu maktab musulmon o‘lkalarida tez shuhrat qozonilganligi hamda 1893-yilda Ismoil Gaspirali Buxoro amiri huzurida bo‘lib, unga ilm-fanning amirlik taraqqiyotida tutadigan ahamiyatini zo‘r berib tushuntirdi. Amir jadid maktabi ochilishiga rozilik berdi.1898-yilda Qo‘qonda Salohiddin domla ikkinchi jadid maktabiga asos soldi. Shu yili To‘qmoqda ham shu tipdagi maktab ochildi. 1899-yili Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldi. 1903-yilda Turkiston o‘lkasida 102 ta boshlang‘ich va 2 ta o‘rta jadid maktablari bo‘lganligini ta’kidladi.

    Ismoil Gaspirali Bey 1893yilda Turkistonga keladi. Buxoro amiri Abdulahadxon bilan Qrimda uchrashgan edi. Ular bir-birlarini bilardilar. Ismoilbekga Shirvonlik Majid anizoda hamrohlik qiladi. Samarqandlilar “usuli savtiya” g‘oyasini yaxshi kutib oladilar. Tezda “usuli jadid” yo‘lga qo‘yilib, ish boshlanadi. Ismoilbek Shahrisabzga, ketadi. Majid anizoda 40 kun Samarqandda qolib,“usuli savtiya”dan dars beradi.Ismoilbekning Turkistonga ikkinchi safari 1908 yilga to‘g‘ri keladi. Ismoilbekni Yangi Buxoro (Kogon) stansiyasida amir odamlari va Rusiya siyosiy agentligi tarjimoni Mirhaydarbek kutib oladilar. Amir uni Karmanaga taklif etadi. Ziyofat asnosida Valiahd Sayyid Olimxon bilan uchrashadi. Valiahdning Rusiya matbuotini muntazam o‘qib borishini, dunyo voqealaridan xabardorligini ko‘radi. Samarqandga o‘tadi. “Usuli jadid” maktablari bilan tanishadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulqodir Shakuriy bilan uzoq suhbatlar quradi. Gap tarix va kelajak, muqaddas obidalar va ularning taqdiri, rus istilochilik siyosati va o‘zlikni saqlab qolish haqida edi.Qaytishda yani Buxoroga tushadi. Qushbegi Ostonaqulbek bilan to‘xtab qolgan yangi maktabni yuritishni gaplashadi. Asosiy to‘sqinlik qozikalon tomonidan ekanligini anglab, huzuriga boradi, va’dasini oladi. Buxorodagi no‘g‘oylar Ismoilbekni mehmonga chaqirib, “Jamiyati xayriya”lariga faxriy a’zo qiladilar. Yangi ochilgan bir maktabni uning sharafiga “Ismoiliya” atamoqchi ekanliklarini aytadilar. Ismoilbek unamaydi. Amir Abdulahadxonning marhum padari hurmatiga “Muzaffariya” nomlashni maslahat beradi.Turkiston o‘lkasidagi Jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qildi. Ular chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi kurashning oldingi saflarida turib, chorizmning xom ashyo manbaiga aylantirilgan Turkistonning dastlab muxtor, so‘ng mustaqil davlat bo‘lishini yoqlab chiqdilar. 20-asr boshlarida Xivada shakllangan jadidchilik bir qadar boshqacharoq tarixiy shart-sharoitda vujudga keldi. U bu yerda asosan ikkita oqimdan iborat edi.O‘ng oqim xonlikda rivojlanayotgan savdo-sanoat korxonalari egalari hamda yirik boylarning vakillarini o‘ziga birlashtirgan edi hamda so‘l oqimi esa mayda sarmoyadorlar, hunarmandlar va xalqning turli tabaqa vakillarini birlashtirgan bo‘lib, qozikalon Bobooxun Salimov uning rahbari edi. Ular Xiva xonligida yangi usul maktablari tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligini o‘stirish maqsadini qo‘yishgan edi.



    Jadidlar tarkibi asosan Buxorodagi shahar aholisining taraqqiyparvar qismi: ziyolilar, mullavachchalar, mayda do‘kondorlar va ma’murlar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Jadidlar iqtisod va boshqaruv sohasida bir qator talablar, chunonchi, soliqlarni kamaytirish talabi b-n chiqishdi. Ular dastlab Buxorodagi amirlik tuzumi doirasida islohotlar joriy qilmoqchi bo‘lishganligini ta’kidladilar. Turkiston ma’rifatparvarlari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shukuriy, Ajziy (Samarqand), Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Majid Qori Qodiriy, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev,Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov, Fitrat, Fayzulla Xo‘jaev, Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jaev, Abdulvohid Burhonov Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov, Obidjon Mahmudov, Hamza, Cho‘lpon,Is’hoqxon Ibrat, Muhammadsharif So‘fizoda, Boltihoji Sultonov, Rahmonberdi Madazimov, Fozilbek Qosimbekov, Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimovlar ekanligini ta’kidladilar. Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari Turkistonni o‘rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish shariatni isloh qilish xalqqa ma’rifat tarqatish Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament keyinchalik demokratik respublika tuzumini o‘rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo‘shin tuzish.Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllanganligini barcha talaba-yoshlarga tushunchalar berildi va slayd ko‘rinishida namoyish etilib, ma’naviy-ma’rifiy tadbir talabalarga manzur bo‘ldi.
    joriy yilning 11-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialida “Vatan himoyasi-muqaddasdir” mavzusida Toshkent viloyati “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar Kengashi a’zolari, baynalminal harbiylar bilan filialimizda tahsil olayotgan talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvga “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar Kengashi a’zolari, baynalminal harbiylar Norboboyev Ilxombek, Qodirov Shavkat, Toshpo‘latov Abduqaxxor, Mirsolixov Miraxmad, Ermatov Zulfiqor, Muxiddinov Faxriddin, Marajapov Savronboy, Isayev Komiljon, Qosimov Jumabek, Qobilov Boxodirlar ishtirok etishdi. Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari B.Boboyorov ochib o‘z nutqida tashrif buyurgan Vatan tinchligi uchun o‘z xissasini qo‘shgan faxriylarni tanishtirib, so‘z navbatini Toshkent viloyati veterenar jangchi faxriy nogironlar kengashi raisi I.Norboboyevga berdilar. U o‘z nutqida ta’lim olayotgan barcha talabalarga yaratilayotgan shart va sharoitlarni ta’kidlab, yaxshi bilim olishlari,o‘z Vataniga munosib insonlar bo‘lib etishlarini ta’kidladilar hamda so‘zga chiqqan barcha harbiylar Vatanni himoya qilish, asrab avaylash har bir fuqaroning burchi ekanligini, Vatan himoyasi yo‘lida olib borgan xizmat xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.

    Talaba-yoshlarga Yurtboshimiz tomonidan yaratib berilayotgan munosib shart-sharoitlardan unumli foydalanib, zamonaviy bilimlarni chuqur o‘rganib, davlatimiz va xalqimiz uchun kerali kadr bo‘lib kamol topishlariga tilak bildirishdi. Tadbir davomida Filial rahbariyatiga Toshkent viloyati “Shuravi” baynalminal-jangchilar va nogironlar jamoat birlashmasi raisi F.Muhiddinov tomonidan Filial ARM uchun “Afg‘on urushi fig‘onlari” nomli kitobni taqdim etdi.

    Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, talaba-yoshlar Vatanni himoya qilish sharafli burch ekanligini chuqur anglab olishdi.
    Joriy yilning 12-yanvar sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali Boshlang‘ich tashkiloti kengash a’zolari hamda talabalar ishtirokida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatan himoyasi – muqaddasdir” shiori ostidagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi
    9-maktab harbiy sinf o‘quvchilari taklif qilindi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng tadbirni ochib berish uchun so‘z filial direktori N.Nasrullayevga berildi. Filial direktori o‘z nutqida filialdagi barcha ustoz va talabalarni 14-yanvar “Vatan Himiyoyachilari kuni” bilan tabriklab, sizlarga ishlaringizda zafarlar, shaxsiy hayotingizda baxt va sog‘lik, dunyodagi eng ezgu niyatlarni tilab qolamiz.

    Har doim bilaklaringizdan kuch-quvvat arimasin, yuragingiz esa Vatan ishqida yonib yuraversin, ko‘zlaringiz esa doim taqdirning ajoyib tuhfasidan porlayversin deb o‘z nutqini yakunladi hamda tadbirni ochiq deb e’lon qildi. Shundan so‘ng, navbat Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 9-maktab harbiy sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan harbiy jangovar chiqishlariga berildi. Tadbir davomida filialda tahsil olayotgan shijoatli yoshlar oʻrtasida “Mard oʻgʻlon” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov shartlari quyidagicha:
    1: Tanishtiruv
    2: Etnosport shartlari (arqon tortish, qarab tepish, tosh koʻtarish kabilar...)
    3: Tir miltigʻida nishonga otish
    4: Erkin mavzu
    5: Yashirin shart
    Ushbu shartlar orqali talabalar kuch sinashib ko‘rishdilar.

    Tanlov yuqori kayfiyatda davom etdi. Talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun bor kuch g‘ayrati bilan harakat qilishdilar. Tanlov yakunida talabalar 5 ta shartda to‘plagan ballari umumiy hisoblanib hakamlar hay’ati tomonidan tomoshabinlarga e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
    1-o‘rin: Ma’murjonov Javohir
    2-o‘rin: Mamajonov Akmaljon
    3-o‘rin: Fayzullayev Sherozbek
    TATU Nurafshon filiali
    boshlang‘ich tashkilot
    Koordinatori S.Olishov

    Download 40,36 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 40,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi tatu nurafshon filialida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot koordinatori Olishov Samandar tomonidan Oktabr, Noyabr, Dekabr oylarida amalga oshirgan ishlar hisoboti

    Download 40,36 Mb.