Optik aloqani O`zbekistonga kirib kelishi




Download 32,71 Kb.
bet2/3
Sana21.01.2024
Hajmi32,71 Kb.
#142305
1   2   3
Bog'liq
WDH96eRmcmL2ZWFtkAUPkT9A8JFdC8EEuyGb8M2w, OtMFUGqei60n39rsStiamD0zwY0LIVMGjxV4PdEi, elsthrough-reading, 1, CRYPTO LECTURE, Dasturlash Mustaqill ish, 1651730660, Kompyuter tashkil etish mustaqil ish, Мustaqil ishga namuna (2), Amaliy ish 1 Otabek, Amaliy, 61 65, 1, 2-mustaqil ish
Optik aloqani O`zbekistonga kirib kelishi

1977-yili Toshkent elektrotexnika aloqa instituti qoshida «Tolali raqamli optik aloqa ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tashkil etildi. Bu laboratoriya xodimlari ushbu darshk mualliflaridan biri professor Rixsi Isayev rahbarligida 1984-yili Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib, Toshkent shahar telefon tarmog‘ining 234- va 241-avtomatic aloqa stansiyalari (XATS larijni bog‘lovchi 4 km uzunlikli ko‘p modali optik tolali 30 kanalli raqamli uzatish tizimini, 1988-yili esa Zangiota tumani markaziy aloqa bog‘lanmasi (ATS) ini Bosh kommutatsiya markazidagi (ATS) bilan ulovchi 120 kanalli 16 km uzunlikdagi optik tolali uzatish tizimini ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldilar.


Hozirgi kunda nafaqat so‘nish qiymatlari, balki to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tizimlarda qo‘llaniladigan, dispersiya qiy- mati minimal bo‘lgan bir modali optik tolalar ham yaratildi. Bu turdagi pptik tola nolinchi xromatik dispersiyani 1,55 mkm sohaga siljitish yordamida hosil qilindi. Bunday tolalar «Korning» (AQSH) Fudjikura (Yaponiya) kabi ko‘plab xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
O‘zbekiston respublikasida ham telekommunikatsiya tarmoq- larini rivojlantirish borasida ko‘p ishlar amalga oshirildi. Bu maqsadda 1995-yil 1-avgustda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «2010-yilgacha muddatda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish Milliy dasturi» qabul qilindi. Ushbu dasturga muvoflq 1995— 1997-yillarda TOO (Trans-Osiyo-Ovropa) magistralining jahon standartlariga mos keluvchi raqamli transport tarmog‘ining Milliy segmentini qurish boshlandi va uzunligi 998 km dan ortiq magistral tolali optik aloqa (TOA) liniyasi foydalanishga topshirildi. TOA Milliy segmentida «Simens» (Germaniya) firmasining tolali optik kabellaridan foydalanildi.
1995— 2000-yillarda OECF (Yaponiya) loyihasi doirasida 1080 km uzunlikda hududiy TOA liniyasi qurildi va foydalanishga topshirildi.
1996— 1997-yillarda Toshkent shahrida «Simens» tolali optik kabellarini qo‘llab, barcha elektron ATS larni, shuningdek, tugunli analog ATS larni birlashtiruvchi katta transport halqa qurildi.
2001-yilda EDSF (Koreya) loyihasi asosida Andijon va Farg‘ona viloyatlarining hududiy telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta ta’mirlash amalga oshirildi. Loyiha natijasida umumiy uzunligi 354 km bo‘lgan hududiy TOA liniyasi qurildi.

Download 32,71 Kb.
1   2   3




Download 32,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Optik aloqani O`zbekistonga kirib kelishi

Download 32,71 Kb.